Joriy yilning 4-6 iyul kunlari Seul shahrida «Korea Import Fair» ko‘p tarmoqli import ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishi xorijiy mamlakatlar tovar va mahsulotlarini Koreya Respublikasi bozoriga olib kirish hamda targ‘ib qilishga qaratilgan.

Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

????qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat, oziq-ovqat mahsulotlari;

????kimyo va neft-kimyo sanoati;

????fan va texnika yutuqlari;

????taʼlim xizmatlari;

????tibbiy xizmatlar, asbob-uskunalar va farmatsevtika;

????yog‘ochga ishlov berish va qurilish materiallari.

Ko‘rgazmada «Viziter sifatida» ishtirok etishni istaganlar uchun quyidagi xizmatlarni taklif qilamiz:

????Mehmonxona — 715$

????Aviachipta — 910$

????Visa harajatlari — 100$

Murojat uchun:

+998993313441

@UFIA_uz

«Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayollarni tadbirkorlikka o‘rgatish va o‘rganilgan ko‘nikmalarni amalda sinash markazi»ni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan uyushma mezbonligida yig‘ilsish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilayotgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash va biznesini rivojlantirish masalasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamkorlikda ushbu loyiha bo‘yicha talab va takliflar o‘rganib chiqishga topshirildi.

Shuningdek, ushbu loyihani moliyalashtirish Koreyaning Eksport Import Banki tomonidan GRANT asosida moliyalashtirilmoqda.

Bugun 22-may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha global strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminardan asosiy maqsad JSSTning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha global strategiyasi doirasida MK/JSST baholash vositasini real hayot sharoitida qo‘llash hamda shu vositani takomillashtirish bo‘yicha milliy vakolatli organlardan fikr-mulohazalarni olish va JSSTining oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha global strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlarini, kamchiliklarini va zaif tomonlarini aniqlashda mamlakatni qo‘llab-quvvatlash.

Seminarda JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Simone M. Raszl, JSTning Standartlar va savdoni rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Melvin Spreij hamda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov va boshqa hamkor tashkilotlar maʼsullari ishtirok etdi.

2024 yil 10-13 iyul kunlari Turkiyaning Yeşilko‘yda joylashgan Istanbul Expo center ko‘rgazma markazida “F-Istanbul” oziq-ovqat va ichimliklar mahsulotlari va ishlab chiqarish texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Bu ko‘rgazma Turkiyadagi keng qamrovli oziq-ovqat va ichimliklar mahsulotlari, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari ko‘rgazmasi hisoblanib, unda 93 ta davlatdan 15 ming ortiq professional tashrif buyuruvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur ko‘rgazma besh qismga bo‘lingan holda tashkil etilmoqda:

????Oziq-ovqat va ichimliklar;

????Yong‘oq va quritilgan mevalar;

????Chakana savdo uskunalari va do‘kon dizayni;

????Oziq-ovqat va ichimliklar sanoati uchun qayta ishlash, qadoqlash va ingrediyentlar;

????Pechene, shokolad va qandolat mahsulotlari.

Ko‘rgazmada «Viziter sifatida» ishtirok etishni istaganlar uchun quyidagi xizmatlarni taklif qilamiz:

♦️5* mehmonxonada 2 kecha tunash (nonushta bilan birga) – 400$ PULLMAN ISTANBUL HOTEL & CONVENTION CENTER;

♦️Aviachipta – 580$ (Aeroportdan ko‘rgazmagacha yetkazish va kuzatib qo‘yish);

♦️Ko‘rgazmaga kirish chiptasi (Bepul).

«Bayerlik programma»si ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda tarmoqli savdo vakillari taklif etiladi va quyidagi imkoniyatlarga bepul ega bo‘ladilar:

????5* mehmonxonada 2 kecha tunash (nonushta bilan birga) – PULLMAN ISTANBUL HOTEL & CONVENTION CENTER;

????Aviachipta (Aeroportdan ko‘rgazmagacha yetkazish va kuzatib qo‘yish);

????Ko‘rgazmaga kirish chiptasi;

????Tantanali kechki ovqat.

‼️Delegatsiya aʼzolarini uchun F-Istanbul ko‘rgazmasida ko‘ngildagidek ishtirok etishlari uchun Oziq-ovqat sanoati uyushmasida Xalqaro darajadagi mutaxassislar tomonidan bepul master-klass tashkil qilinadi.

Murojat uchun:

+998997232111

“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida” qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 10 may kuni “Delivery Unit” tomonidan “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi,

Unda yodlangan tuz va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash sharoitlari ustidan o‘z vakolatlari doirasida olib borilayotgan tadbirlarning samadorligi har 5 yilda tahlil qilib borish masalasi ko‘rib chiqildi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »