“ARZEN” O‘zbekistonga kirib kelmoqda!

24-25 mart kunlari Turkiyaning mashhur muzqaymoq va shirinliklar ishlab chiqaruvchi “Arzen” brendi O‘zbekistondagi tadbirkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan uchrashadi.

“Arzen” haqida:

  • 1989-yilda Kılıçoğlu Gıda tomonidan asos solingan;
  • Maraş muzqaymoqlari, baklava, kadayif, tort va boshqa shirinliklar ishlab chiqaradi;
  • Ilg‘or texnologiyalar bilan tabiiy ingrediyentlardan tayyorlangan mahsulotlar;
  • Turkiya va xalqaro bozorlarda o‘z o‘rniga ega;

Katalogi

B2B uchrashuvda ishtirok etish:

+998333000063

@OzodovMirafzal

Xitoy delegatsiyasi bilan samarali uchrashuv!

2025-yil 14-mart kuni Jiangheyuan Investment Group kompaniyasi prezidenti Qiao Jihua va Hefeng Food Co., Ltd. vitse-prezidenti Wang Zhenyong boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, oziq-ovqat, sut fermalari va sut mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlaridagi imkoniyatlar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Uyushma raisi Bahodir Umirshayxov delegatsiya aʼzolari bilan fikr va tajriba almashish bilan birga, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bu tashrif Xitoy-O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

28 aprel – 2 may kunlari Tehron Xalqaro ko‘rgazmalar markazida Eron Islom Respublikasi eksport salohiyati VII ko‘rgazmasi (IRAN EXPO 2025) bo‘lib o‘tadi.

IRON EXPO 2025 ko‘rgazmasida quyidagi soha vakillari ishtirok etishlari mumkin:

  • oziq-ovqat va sut mahsulotlari sanoati;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlari;
  • chorvachilik, baliqchilik va suv xo‘jaligi sanoati;
  • tog‘-kon, neft-gaz, neftkimyo;
  • kimyo;
  • elektrotexnika;
  • farmasevtika, tibbiyot jihozlari.

Ko‘rgazma tashkiliy qo‘mitasining maʼlum qilishicha, ko‘rgazma ishtirokchilarining mehmonxonada 4 kecha va 5 kunduz turishlari, to‘liq ovqatlanishlari va harakatlanishlari xarajatlari hamda tarjimon xizmati BEPUL taqdim etiladi.

Batafsil maʼlumot uchun:

+998932533444

Oziq-ovqat sanoatining kelajagini «FOTEG ISTANBUL – 2025» bilan shakllantiring!

Turkiya oziq-ovqat eksportida Yevropa va Shimoliy Amerikaga yo‘naltirilgan asosiy bozorga aylandi. Yuksalib borayotgan talab va yuqori sifat standartlari bilan, FOTEG ISTANBUL 2025 ushbu sektorning yetakchilari uchun eng muhim platformaga aylanmoqda.

Bu yerda:

  • Oziq-ovqat sanoati ekspertlari eng so‘nggi mahsulot va texnologiyalar bilan bo‘lishadilar.
  • Ishlab chiqaruvchilar o‘z bozor ulushlarini oshirish va yangi lazzatlar kashf qilishlari mumkin.
  • Sohadagi yetakchi kompaniyalar yuqori standartlarga erishish uchun birlashadilar.

Uyushma delegatsiyasi uchun bepul imkoniyatlar:

  • 4 yulduzli mehmonxonada, nonushta kiritilgan holda,
  • Aeroport – mehmonxona – ko‘rgazma maydoni va ko‘rgazma maydoni – mehmonxona – aeroport orasida transfer xizmatlari.
  • Ko‘rgazma ishtirokchilari va xaridorlar delegatsiyasi aʼzolari o‘rtasida B2B uchrashuvlari.

Joylar soni: 5 ta kompaniya

24 – 26 Aprel 2025

Istanbul ko‘rgazma markazi

+998932533444 Muslima

FOTEG ISTANBUL 2025 – bu oziq-ovqatni qayta ishlash uchun yuqori sifatli texnika va uskunalar bilan tanishish imkoniyatidir.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »