SIGEP 2025: Italiyada o‘zbek tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari

????2025 yilning 18-22 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida «SIGEP 2025» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekistondan 10 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etib, o‘z sanoatlarini rivojlantirish yo‘lida katta yutuqlarga erishdilar.

Ko‘rgazma natijalari: O‘zbek tadbirkorlari tomonidan umumiy qiymati 350 000 AQSH dollarlik:

???? Avesto Sweets OK: Jami 50 000 AQSH dollarlik;

???? Shirin muzqaymoq MCHJ: 300 000 AQSH dollarlik texnik jihozlar bo‘yicha shartnomalar imzolashdi.

SIGEP 2025 o‘zbek tadbirkorlariga xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlash va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash imkoniyatini yaratib berdi.

BEAM EXPO sizlarni 31-Xalqaro Oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasiga taklif qiladi.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

– Don va dukkakli mahsulotlar;

– Ichimliklar;

– Muzlatilgan va konservalangan mahsulotlar;

– Sovutish va muzlatish uskunalari;

– Shirinliklar, sut, qandolat mahsulotlari, shokolad va boshqalar;

– Yog‘lar va o‘simlik moylari;

– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari;

Taklif etiladigan xizmatlar:

– (Antaliya) aeroportda kutib olish

– Mehmonxona 5 yulduzli (4 kechalik yashash)

– To‘liq ovqatlanish (nonushta, tushlik, kechki ovqat, 24 soatlik zakuski)

– Ko‘rgazmaga bepul kirish

– Mehmonxonadan ko‘rgazmaga transfer xizmati

Joylar soni: 30 ta

2025-yilning 28-31 yanvar kunlari

Antaliya, Turkiya

+998932533444

+998948713313

FOTEG ISTANBUL 2025: Oziq-ovqat sanoatining kelajagini shakllantiring!

Turkiya oziq-ovqat qo’shimchalari eksportida Yevropa va Shimoliy Amerikaga yo’naltirilgan asosiy bozorga aylandi. Yuksalib borayotgan talab va yuqori sifat standartlari bilan, FOTEG ISTANBUL 2025 ushbu sektorning yetakchilari uchun eng muhim platformaga aylanmoqda.

FOTEG ISTANBUL 2025 – bu oziq-ovqatni qayta ishlash uchun yuqori sifatli texnika va uskunalar bilan tanishish imkoniyatidir.

Bu yerda: Oziq-ovqat sanoati ekspertlari eng so’nggi mahsulot va texnologiyalar bilan bo’lishadilar.
Ishlab chiqaruvchilar o’z bozor ulushlarini oshirish va yangi lazzatlar kashf qilishlari mumkin.
Sohadagi yetakchi kompaniyalar yuqori standartlarga erishish uchun birlashadilar.

Sana: 24 – 26 Aprel 2025
Manzil: Istanbul ko’rgazma markazi

Ishtirok etish uchun: +998932533444 Muslima

Oziq-ovqat sanoatida xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining rais maslahatchisi Bobur Rasulov «INDUS FOOD» ko‘rgazmasi doirasida bir qator muhim uchrashuvlarni o‘tkazdi.

U Xindistonda eng muvaffaqiyatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “SU‘HANA” kompaniyasi rahbariyati, Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari kengashi raisi kapitan Vika Gupta janoblari va Braziliyalik «Braziliya – Xindiston Savdo-sanoat palatasi» vakili Diana Blekman bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvlarda oziq-ovqat sanoatida turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi va kelishuvlarga erishildi.

Investitsiyalar sohasini jadal rivojlantirishga oid qonun muhokama qilindi.

8 yanvar kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilinib, unda investorlar huquqlarini himoya qilish, investorlarning kafolatlari va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiq qonunchilikni takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Qonun loyihasida:

Adolatli va teng huquqli munosabatlar

Investitsiya faoliyatini himoya qilish

Investitsiya loyihalari uchun imtiyozlar ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, xorijiy investitsiyalar uchun talablar yumshatilmoqda: ustav fondidagi xorijiy sarmoyalar ulushi 15% dan 10% ga tushirilmoqda.

Yig‘ishda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi B. Umirshayxov ekspert sifatida ishtirok etib yangi qonun bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Hindiston Expo Center & Mart, Greater Noida ko‘rgazmasida uyushma delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada qandolat, sog‘lom oziq-ovqatlar, sut, go‘sht, dengiz mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlarga qiziquvchi importyorlar, distribyutorlar va chakana sotuvchilar ishtirok etmoqda.

Bugun «INDUS FOOD»ko‘rgazmasida Hindistonning Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoati vaziri Chirag Paswan janoblari bilan O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakili Bobur Rasulov, oziq-ovqat sanoatida hamkorlik masalasi bo‘yicha muhokama o‘tkazdi.

Biznes-ombudsman o‘rinbosari hamda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari bilan uchrashuv: Oziq-ovqat sanoati muammolari va yechimlari

Bugun, 9 yanvar kuni Biznes-ombudsman devonida oziq-ovqat sanoati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda sohada ishlab chiqarish hajmini oshirish, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdagi muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda oziq-ovqat sanoatida import-eksport, sertifikatsiya, xom-ashyo, kontrafakt tovarlar, sotuv borasida mavjud muammolar muhokama qilindi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »