O‘zbekiston-Belorus ikkinchi ayollar forumi: Oziq-ovqat sohasida ikki tomonlama hamkorlik seksiyasi

Joriy yilning 26 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Belorus ikkinchi ayollar forumi doirasida ikki mamlakat ishbilarmonlari ishtirokida oziq-ovqat sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, eksport-import masalalarida o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan seksiya bo‘lib o‘tdi

Forum davomida umumiy qiymati 4 million dollarlik bir qator eksport shartnomalari muvaffaqiyatli tuzilib, bu O‘zbekiston va Belarus korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari va samarasidan dalolat beradi.

20 avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Bugun 20 avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar to‘plandi. Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yo‘lga qo‘ygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz, hamda hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashdi.

Tadbirda Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshganini tasdiqlagani takidlandi va shunday yuksak marraga erishishda ilg‘or texnologiyalar asosida zamonaviy korxonalar ochayotgan, yuz minglab yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan va dunyo bozorlariga jadal kirib borayotgan azmu shijoatli tadbirkorlarning hissasi beqiyos ekani eʼtirof etildi.

Yil davomida Prezidentdan boshlab Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, hokimlar, Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman – barcha-barcha rahbarlar yil bo‘yi tadbirkor bilan doimiy muloqotda bo‘lligi, natijada Tadbirkorlar ko‘targan 700 dan ortiq masala, tashabbus va yangi loyihalar qo‘llab-quvvatlandi, 8 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar rivoji, tadbirkorlik infratuzilmasi uchun yana 18 trillion so‘m yo‘naltirildi.

Bu yilning o‘zida tadbirkorlarning tovar aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘payib, 986 trillion so‘mga yetgani, aylanmasi 100 milliard so‘mdan ortiq yirik korxonalar esa 2 ming 200 tadan oshdi. Bu ham o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p bo‘ldi.

Xususiy sektorda 5 million so‘mdan ko‘p maosh oladigan ishchilar 1 milliondan oshdi. Shundan 370 mingi 10 million so‘mdan ziyod oylik oladi. Bular tadbirkorlarimiz “soyada” ishlashdan ko‘ra qonuniy faoliyat, sog‘lom raqobatni manfaatli deb bilayotganidan dalolat.

Olti oyda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2 karra o‘sib, 14 milliard dollarga yetganligi, bu – investorlarning O‘zbekistonda biznes qilishga ishonchi ortib borayotganidan dalolat.

“Hali imkoniyatlarimiz bundan karra-karra ko‘p. Eng muhimi, ularni ishga solishga qodir bo‘lgan sizdek vatanparvar va jonkuyar tadbirkorlarimiz bor. Aholimiz 38 millionga yaqinlashib borayapti, ularning daromadi ham kundan-kunga ko‘paymoqda. 

Qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarimiz misli ko‘rilmagan darajaga chiqdi. Mamlakatimiz mahalliy korxonalar uchun ham, chet el kompaniyalari uchun ham katta bozorga, mintaqadagi sanoat xabiga aylanib ulgurdi”,

– dedi Prezident

Shundan so‘ng Prezidentimiz tadbirkorlik uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Birinchi yo‘nalish – kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy resurslarni ko‘paytirish.

Endilikda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda barcha banklar va mikromoliya tashkilotlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi, hamda mikrokreditlar miqdori 3 karra oshirilib, 300 million so‘mga yetkaziladi. Bunda kreditning 100 million so‘mgacha bo‘lgan qismiga garov talab qilinmaydi. Shuningdek, ustav kapitali kamida 50 milliard so‘m bo‘lgan mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi.Ushbu banklar kredit portfelining kamida 70 foizi kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Tadbirkordan garov talab qilmaydigan eng qulay instrument bu – faktoring. Xalqaro moliya korporatsiyasiga ko‘ra, bizda 10 milliard dollarlik faktoring xizmatiga talab bor. Hozir bu xizmatni faqat banklar, mikromoliya tashkilotlari ko‘rsatayapti.

Bundan buyon bank bo‘lmagan yangi institut – faktoring tashkiloti uchun yo‘l ochiladi. Ular xorijiy valyutada ham xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Bu jarayonda qatnashadigan bank, mikromoliya, faktoring tashkiloti va tadbirkorlar foydalanadigan alohida elektron platforma ishga tushadi. Yaʼni, tadbirkor undan o‘ziga qulay moliyaviy mahsulotni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tadbirkorlarning 38 foizi islom moliyasi asosida resurs olish istagini bildirganligi uchun, o‘tgan oyda mikromoliya tashkilotlariga islomiy shartlar asosida xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi.

Endi davlat jalb qilgan mablag‘larni yirik korxonalarga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechilishi taʼkidlandi. Bunday mablag‘larni berish ikki yil ichida kamida 40 foizga qisqaradi. Banklar buning hisobidan kamida 30 trillion so‘mni xususiy biznesga yo‘naltiradi.

Ikkinchi yo‘nalish – biznesni infratuzilma, yer va energiya bilan taʼminlash.

Ochiq muloqot doirasida kelib tushgan 11 mingta murojaatdan 2 mingtasi yer va infratuzilma bilan bog‘liq. Joylarda o‘tkazilgan so‘rovda ham 55 foiz tadbirkor elektr energiyasi, gaz taʼminotida, tarmoqqa ulanishda muammo borligini takidlab o‘tildi.

  • Endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblash bekor qilinadi.
  •  Har bir yer uchastkasi uchun asosiy faoliyat turini qaysilariga almashtirish mumkinligi, qanday yordamchi inshootlarni joylashtira olishi aniq belgilab beriladi.
  • Klassifikatorni joriy qilish orqali chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik sohalari, meva-sabzavotni qayta ishlovchilarga qishloq xo‘jaligi yerlari kabi soliq to‘lashga o‘tadi.
  • Elektr va gaz isteʼmoli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar isteʼmol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20 foiz qimmatlashadi.
  • Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “o‘rta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
  • Endilikda “inkasso” bo‘lganda ham, kommunal xizmatlarga to‘lovlar to‘xtatilmaydi.

Uchinchi yo‘nalish – ichki bozorda teng raqobat muhitini yaratish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish.

Mamlakatimizning yetti oylik eksporti 13 foizga o‘sib, 10 milliard dollardan oshdi, avval eksport qilmagan 1 ming 610 ta korxona tashqi bozorlarga chiqdi. Prezident mahalliy korxonalarni tashqi bozorga chiqishini qo‘llab-quvvatlash izchil davom ettirilishini taʼkidladi.

Xususan, Jahon savdo tashkilotiga 2026 yilda aʼzo bo‘lish bo‘yicha katta qadamlar qo‘yilmoqda.

“Ushbu tashkilotga kirish – chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov, qolaversa, islohotlarimizning ajralmas bir qismi. Lekin ayrimlar bunga shubha bilan qarayapti, boshqalar “korxonalar sinadi, import bosib ketadi” degan xavotir bilan yuribdi.

Bir narsani tushunish zarur, import bojlari ishlaydi. Shuning uchun, tashkilot aʼzolari bilan muzokaralar o‘tkazayapmiz.

Ertangi kunimiz – bu teng raqobat muhiti va eksportga qaratilgan sanoat va savdo siyosati. Iqtisodiyotimizga oldinlari proteksiya qaysidir maʼnoda kerak edi. Yana shu yo‘lda davom etsak, imkoniyatlarimiz cheklanib qoladi. Chunki, xalqaro ishlab chiqarish zanjirlariga kirmasak, iqtisodiy o‘sish biz kutgandek bo‘lmaydi”,

 – dedi davlatimiz rahbari.

  • Mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, tashqi bozorlarda munosib o‘rin topish uchun xalqaro standartlarga o‘tish kerakligi taʼkidlandi.
  • Tarmoqlarni rivojlantirishga berilgan mablag‘dan 200 million dollari eksportoldi moliyalash uchun yo‘naltiriladi. Shundan, 50 million dollari bank kreditlari uchun kafillikka beriladi.
  • Transport vazirligiga yuk tashish ruxsatnomalaridan foydalanish tizimi oshkoraligini oshirish topshirildi. Bunda, “Ye-logistika” platformasi ishga tushirilib, eksportchilar uchun qaysi korxonada qancha ruxsatnoma borligini ko‘rish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoni yaratiladi.
  • Chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda shartnoma muddati buzilmasa, muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmasligi belgilandi.
  • Bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron maʼlumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.
  • Elektron hisob-faktura va tovar-transport yuk xati yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta maʼlumot kiritishni o‘zi yetarli bo‘ladi.
  • Mutasaddilarga vatandoshlarimiz bilan yaqindan ishlab, ular bilan “savdo va investitsiya bo‘yicha maslahatchi” sifatida hamkorlik qilish, ularning taklif, tashabbus va loyihalariga ko‘maklashish topshirildi.
  • Davlat xaridida endi mahalliy mahsulot ulushini oshirish rag‘batlantiriladi. Jumladan, energetika, neftgaz, kimyo, metallurgiya, temir yo‘l kabi tarmoqlardagi yirik korxonalar 2-3 yillik buyurtmalarini kooperatsiya portaliga oldindan joylashtiradi. Mahalliy korxonalar esa ushbu buyurtmalar asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ularning loyihalariga dastlabki bosqichda 100 million dollar yo‘naltiriladi.

To‘rtinchi yo‘nalish – xizmatlar sohasiga yangi turtki berish.

O‘zbekistonda band aholining 52 foizi xizmatlar sohasida ishlayapti. Ishlab turgan korxonalarning 68 foizi ham xizmatlar sohasiga to‘g‘ri keladi. Lekin, sohada band bo‘lganlarning atigi 4 foizi yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan yo‘nalishda faoliyat yuritayapti. Shu bois, xizmatlarda, avvalo, IT sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

  • Barcha sohada sunʼiy intellekt texnologiyalari keng joriy qilinadi. IT parkda sunʼiy intellekt markazi ochiladi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratiladi.
  • Startaplarni “oyoqqa turg‘azish” uchun venchur jamg‘armalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun IT park ham 10 million dollarlik jamg‘arma tashkil qiladi.
  • Bir yil ichida 3 mingta mahalliy mutaxassis Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Turkiyadagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga malaka oshirishga yuboriladi.
  • 1 yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi tadbirkorga “keshbek” sifatida qaytarib beriladi. Bunda oylik aylanmasining 60 foizini naqd pulsiz amalga oshirgan korxonalarga QQSning 40 foizi to‘langan zahoti qaytariladi. Agar naqd pulsiz aylanma 60 foizdan kam bo‘lsa, “keshbek” 20 foiz bo‘ladi.
  • QQS to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamayadi. 1 dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.
  • Restoran va kafelarga bahor va yoz mavsumida o‘zlariga tutash maydonlarda stol-stul va soyabon qo‘yib ishlashga ruxsat beriladi. 

Prezident tadbirkorlar taklif bersa, davlat idoralari ko‘rsatayotgan boshqa xizmatlarni ham xususiy sektorga berishga tayyorligini bildirdi.

Beshinchi yo‘nalish – biznes uchun to‘siq va g‘ovlarni yana-da qisqartirish.

Tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatishga asos bo‘ladigan qonun buzilish holatlari darajasi belgilanmagani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda arzimagan kamchiliklar bilan ham tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish holatlari kuzatilmoqda.

  •  1 noyabrga qadar aholining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi. Reyestrda yo‘q mezon bo‘yicha tadbirkor faoliyatini to‘xtatgan mansabdor javobgarlikka tortiladi.
  • Soliq to‘lamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qo‘zg‘atishga asos bo‘ladigan miqdorni 2 baravargacha oshiriladi.
  • Garovdagi mulkni savdoga chiqarishdan oldin uning hozirgi bozor qiymati aniqlanadigan, qaytmagan qarzdorlik garov qiymatining 15 foizidan kam bo‘lsa undiruv mulkka qaratilmaydigan tizim yaratiladi
  • Yer savdosidan tushgan mablag‘lar avvalo buzilishlar bo‘yicha tadbirkorlardan qarzni so‘ndirishga qaratiladi.

To‘g‘ri, muammoli kredit bilan qattiq shug‘ullanish kerak, lekin bu tadbirkorni “tugatish” hisobidan bo‘lmasligi zarur”,

– dedi davlat rahbari.

Ochiq muloqot yakuni bilan “Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturi qabul qilinishi belgilandi.

So‘ng davlatimiz rahbari tadbirkorlarning amaliy taklif va tashabbuslarini tinglab, ular bilan fikr almashdi.

“Sizlar tinch, erkin va farovon hayotimiz garovisizlar, desak, o‘ylaymanki, mubolag‘a bo‘lmaydi.

“Tadbirkor – elga madadkor” degan naqlda chuqur maʼno bor. Lekin, shunday katta masʼuliyatni zimmasiga olgan tadbirkorni o‘ziga kim madadkor? Agar qaysi hokim o‘z hududining gullab-yashnab, taraqqiy topishini istasa, avvalo, tadbirkor va yana bir bor tadbirkorga chinakam madadkor bo‘lishi kerak. 

Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, hech narsadan cho‘chimang. Biling, ortingizda Prezident turibdi!”,

– dedi davlatimiz rahbari muloqot yakunida. 

Tadbir so‘ngida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqishni jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi. Hukumatga muhokama qilingan masalalar yechimiga qaratilgan barcha hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli kiritish topshirildi.

2025 yil 18-22 yanvarь kunlari Italiyaning Rimini shahrida «SIGEP» Qandolat doʼkonlari, nonvoyxonalar, qahvaxonalar, pitstsa tarmoqlari va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun asbob-uskunalar va xom ashyo koʼrgazmasi boʼlib oʼtadi.

Unda 1200 ga yaqin tadbirkorlik subektlari, 180 000 dan ziyod ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

Koʼrgazma quyidagi shoʼbalarga boʼlingan holda tashkil etiladi:

  • Gelato: muzqaymoq: nosanoat ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, xom ashyo, butlovchi qismlar.
  • Pasta: Tarkibiy qismlar va yarim tayyor mahsulotlar
  • Kofe: Muzlatilgan va tayyor mahsulotlar;
  • Nonvoyxona: Qadoqlash yechimlari va uskunalari;
  • Pitstsa tarmoqlari: Mebel, jihozlar va xizmatlar.

IMPORTERLАR taklif etiladi:

  • Mehmonxonada 3 kecha bepul yashash;
  • transfer aeroport-mehmonxona-aeroport;
  • Har kuni mehmonxonadan koʼrgazmaga va orqaga transfer;
  • Koʼrgazmaning barcha kunlariga kirish chiptasi;
  • Haridor hududiga kirish, shuningdek, koʼrgazmada tushlik;
  • Ish uchrashuvlari kunida tarjima xizmatlari;
  • Аviachipta va visa harajatlari tadbirkor hisobidan.

Eksportchilar taklif etiladi (stend bilan ishtirok etish):

  • 16 m2 «barchasi inklyuziv» stend narxi 7,100 €;
  • Jihozlanmagan maydon 1 m2 uchun 310 € dan.

Koʼrgazmada qatnashish uchun batafsil maʼlumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

+998993313441

@UFIА_UZ

Texreglamentga amal qilmagan tadbirkorlarga realizatsiya qilingan maxsulot qiymatining 50 foizgacha miqdorda moliyaviy jarima qo‘llanilish boshlandimi?

02.08.2024 kuni uyushmaga aʼzo tadbirkordan

texreglamentga amal qilmagan tadbirkorlarga (PF-6240 farmonning 12-bandiga asosan) realizatsiya qilingan maxsulot qiymatining 50 foizgacha mikdorda moliyaviy jarima qo‘llanilyotgani haqida murojaat kelib tushdi. Bu jarima yirik korxonalarni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.

Texreglamentga amal qilmagan tadbirkorlarga realizatsiya qilingan maxsulot qiymatining 50 foizgacha miqdorda moliyaviy jarima qo‘llanilishi, butun boshli tadbirkorlik subyektlarining bankrot holatiga olib kelishi aniq!

Murojaatchi tadbirkor

Yuqoridagi holatni inobatga olgan holda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi realizatsiya qilingan maxsulot qiymatining 50 foizgacha miqdorda moliyaviy jarima qo‘llanilgan korxonalarning hozirgi moliyaviy holatini o‘rgangan holatda, O‘zbekiston Resublikasi Prezindetining PF-6240 farmonining 12-bandiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashni boshladi.

‼️Hurmatli tadbirkor sizlarga ham, shunday moliyaviy jarima qo‘llanilayotgan bo‘lsa bizga murojaat qilishingzni so‘raymiz!

Murojaat uchun:

+998333000063

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »