Iqlim o‘zgarishlari, cho‘llashish, suv tanqisligi kabi global muammolar, qolaversa, aholi sonining muttasil oshib borishi barcha davlatlar uchun oziq-ovqat xavfsizligini kun tartibidagi asosiy masalaga aylantirdi.
Oziq-ovqat xavfsizligi bu oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga mosligidir.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Vaziyatni yaxshilash uchun mintaqa davlatlari o‘zgaruvchan suv rejimiga chidamli, serhosil ekin navlarini yaratishi va o‘zaro savdo hajmini oshirishi kerak.