TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish federal vazirligining, O‘zbekiston bilan nemis menejerlarini tayyorlash bo‘yicha «Partnering in business with Germany» dasturida ishtirok etish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Dasturdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistondagi kompaniyalarning rahbarlarini Germaniya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorlash, shuningdek, xalqaro menejment va xalqaro biznes sohasida boshqaruv vakolatlari va malakalarini oshirishdan iborat.

Dasturning asosiy yo‘nalishlari:

♦️Xom ashyo sanoatida iqtisodiy hamkorlik (10.07 -13.09)

♦️Oziq-ovqat va Smart-Farming sanoatida iqtisodiy hamkorlik (15.08 -18.10)

Nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar:

????rahbarlik lavozimida ishlashi

????oliy maʼlumotga ega bo‘lish

????ingliz tilini bilish

????germaniya bozoriga ehtiyoji mavjudligi.

Dasturning davomiyligi 8 hafta:

6 hafta onlayn trening, 2 hafta Germaniyada amaliyot o‘tkaziladi (Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish federal vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi).

Rezyumelar joriy yilning 25-iyuniga qadar investment@chamber.uz elektron pochtasi orqali yuborilishi so‘raladi.

‼️Nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi.

Qo‘shimcha malumot uchun: +998900002662 Oybek

TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subektlari bilan davra suhbati o‘tkaziladi.

Uchrashuvda hukumat tomonidan belgilangan ishchi guruhi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etadi.

Mazkur yo‘nalishda taklif va tashabbuslaringiz bo‘lsa, shuningdek davra suhbatida ishtirok etish istagida bo‘lsangiz ushbu telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.

+998781506006

20 iyun, 10:00

International Hotel Tashkent (Bodomzor)

15-iyun kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol ishtirokida O‘zbekiston-Koreya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida O‘zbekistonda mintaqaviy yuqori texnologik xabni tashkil etish bo‘yicha strategik dasturni ishlab chiqishga qaror qilindi. Dastur o‘ta muhim xomashyo resurslari, yarim o‘tkazgichlar, kimyo, mashinasozlik, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va shaharsozlik, “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi.

– Biz zamonaviy sharoitlarda hamkorlikning yangi modelini yaratishga kelishib oldik. O‘zaro munosabatlarimizda “Yuqori texnologik va innovatsion hamkorlikning yangi davri” boshlanmoqda,

– Shavkat Mirziyoyev.

Biznes forumda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov uyushmaga aʼzo tadbirkorlar nomidan ishtirok etdi.

—————————————————————

❗️Eslatib o‘tamiz joriy yilning 4-6 iyul kunlari Seul shahrida «Korea Import Fair» ko‘p tarmoqli import ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »