19-23 sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan O‘zbekiston arbitraj haftaligiga bugun start berildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va tashkilot qoshidagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti ko‘magida tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi ham ishtirok etmoqda.

UzAW – bu butun hafta davomida butun dunyodan yetakchi ekspertlar, yuridik soha vakillarini birlashtiruvchi bar qator tadbirlar jamlanmasidir.

Arbitraj – sud muhokamasidagi nizorlarni hal qilishning muqobil mexanizmi bo‘lib, bunda tomonlar nizolarini hal qilish uchun tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lgan sudyani tanlashlari mumkin bo‘lgan jarayon sanaladi.

UzAW 2022 ning maqsadi esa ishtirokchilarni nizolarni muqobil hal etishning so‘nggi tendensiyalari, shuningdek, O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardorligini oshirishdan iborat.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »