Diqqat, e’lon!

Qadrli tadbirkorlar,
2023-yilning 18-20-mart kunlari Gretsiyaning Afina shahrida «FOOD EXPO» xalqaro oziq-ovqat ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Uning doirasida Janubiy-Sharqiy Yevropadagi oziq-ovqat va ichimliklar sanoati sohasidagi eng yirik tadbirlar tashkil etiladi.

Ko’rgazmaga 1350 dan ziyod tadbirkorlik subyektlari, 70 000 dan ziyod mehmonlarning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Chakana savdo va oziq-ovqat xizmatlari sanoatining yetakchi vakillari ko‘rgazma mobaynida yangi mahsulotlar hamda yo‘nalishlar bilan tanishish, butun dunyo bo‘ylab tovar yetkazib beruvchi distribyutorlar bilan biznes aloqalarini o’rnatishi va yanada mustahkamlashi mumkin!

Ko’rgazmada qatnashishni istasangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilib, batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin:
+998997232111
+998712203313

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »