OPEC Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistonga muhim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridi (importi) uchun savdoni moliyalashtirishda jami 100 million dollar ajratyapti.

“O‘zbekiston don, sabzavot, shakar kabi mahsulotlarning netto-importyori hisoblanadi va bu mahsulotlarning deyarli 40 foizi ushbu mamlakatga Qora dengiz hududidan yetkazib beriladi. Ukrainadagi urushning global oqibatlari, jumladan, oziq-ovqat va xom ashyo narxlari oshishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasi juda muhimdir«, deyiladi OPEC Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi press-relizida.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu o‘rinda sabzavot deyilganda kartoshka tushuniladi. Chunki kartoshka O‘zbekistonning meva-sabzavot segmentidagi eng yirik import pozitsiyasidir va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda bu sabzavotning ahamiyati juda muhim.

Qayd etilishicha, ajratilayotgan mablag‘ O‘zbekiston oziq-ovqat bozorini arzon narxlardagi zarur tovarlar bilan barqaror taʼminlashga xizmat qiladi.

2022 yilning iyun oyida OPEC jamg‘armasi 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha o‘zining 1 milliard dollarlik Harakatlar rejasini eʼlon qildi. Bu reja asosiy tovarlar importini moliyalashtirishni taʼminlaydi va shu orqali hamkor mamlakatlarda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda barqaror oziq-ovqat taʼminotini taʼminlashga yordam beradi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »