Maʼlumotlarni integratsiya (veb-skreyping texnologiyasi) orqali olish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi “Korzinka”, “Makro”, “Media Park” va “Asia.uz Supermarket” kabi yirik savdo majmualari bo‘yicha tovarlarning narxlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni integratsiya (veb-skreyping texnologiyasi) orqali olish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi.

Kuzatuvga tanlab olingan 30 dan ortiq yirik savdo majmualaridagi 17 000 dan ortiq mahsulot bo‘yicha narxlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar hududiy statistika organlari xodimlari tomonidan savdo majmuasiga tashrif buyurmasdan, veb-dastur orqali onlayn ravishda planshetlarga qayd etib borilmoqda.

2020 yilda isteʼmol bozorida narxlar to‘g‘risidagi birlamchi maʼlumotlarni to‘plash jarayonlariga CAPI raqamli texnologiyasi, yaʼni maxsus qurilmalar – planshetlar to‘liq joriy etilgan edi.

Natijada, inflyatsiyani hisoblash jarayonlari avtomatlashtirildi, statistik maʼlumotlarning obyektivligi va yuqori sifatini taʼminlashga erishilmoqda.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »