Qirg‘izistonda piyoz eksportiga ruxsat berish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Maʼlumki, piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida hukumatga qaror loyihasi taqdim etilgan.
Yanvar oyi oxirida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi tomonidan piyoz eksportiga vaqtinchalik taʼqiq joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi. Taʼqiq 31 yanvardan boshlab uch oylik muddatga kuchga kirdi.
Ushbu chora oziq-ovqat xavfsizligini hamda ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat mahsulotlarining narxi barqarorligini taʼminlash (xususan, piyoz, shalot piyozi, porey piyozi va boshqa sarxil yoki muzlatilgan piyoz turlari) maqsadida amalga oshirilgan edi.
EastFruit nashri xabar qilganidek, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Eron ham piyoz eksportiga cheklovlar kiritgan.
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313