Diqqat, eʼlon!
2023 yil 23 mart kuni Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan «Radisson Slavyanskaya» mehmonxonasida «MDH mamlakatlari shakar bozori» yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Uning doirasida shakar bozori tahlili, tendensiyalari va prognozlari, MDH mamlakatlari hamda jahon shakar bozoridagi asosiy o‘zgarishlar muhokama qilinadi.
Yevroosiyo shakar uyushmasi va Xalqaro shakar tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan ushbu konferensiyada jahon energiya inqirozi, inflyatsiya va shakar narxi, Yevroosiyo qand lavlagi gibridi, shakar bozoriga tegishli bozorlarning taʼsiri kabi masalalar muhokama qilinadi.
Batafsil maʼlumotni quyidagi saytdan olishingiz mumkin:
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313