Mamlakatimizda piyozning ulgurji narxlari dinamikasida pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Narxlar monitoringiga ko‘ra, 2023 yil 3 martdan 10 martga qadar O‘zbekistonda piyozning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 7000 so‘mdan 6000 so‘mga, yaʼni 14 foizga arzonlashgan.

Oxirgi oyda shakllangan pasayish tendensiyasini hisobga olsak, 2023 yilning 10 fevralidan 10 martigacha ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi 25 foizga kamaygan.

O‘tgan yillar darajasi bilan solishtirilganda, hozirgi ulgurji narxlar yuqoriligicha qolmoqda. 2023 yilning 10 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda piyozning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasidagi darajadan roppa-rosa 3 barobar, 2020-2021 yillarning shu sanasida qayd etilgan darajadan esa 5-6 karra yuqori bo‘ldi.

Manba: Eastfruit

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »