Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan tadbirkorlar o‘rtasida mamlakatimizda ilk bora biznes-uchrashuv tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan tadbirkorlar o‘rtasida mamlakatimizda ilk bora biznes-uchrashuv tashkil etilmoqda.
Tadbir 2023 yil 15 mart kuni «Tashkent City Palace» mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Unda kichik va o‘rta bizneslar uchun grantlar berish, mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish, GSP+da ishtirok etish, yashil iqtisodiyot loyihalarini moliyalashtirish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, tadbir doirasida panel sessiyalarning ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda mamlakatimizdagi barcha tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin! Tadbirda qatnashmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling:
+998997232111
+998908219656