Joriy yilning 21-sentyabr kuni p USAID tashkiloti ko‘magida “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir SES boshchiligida tashkil etilib, unda Veterinariya qo‘mitasi, O‘simliklarni himoya qilish va karantin agentligi, “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi, go‘sht, sut, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari ishtirok etdi.
Taʼkidlanishicha, yangi qonunga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsiz, isteʼmolga yaroqli bo‘lishi va oziq-ovqat sifatining belgilangan minimal ko‘rsatkichlariga mos kelishi lozim.
Shuningdek, oziq-ovqat mahsuloti xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan har doim xavfsiz va isteʼmol uchun yaroqli holda ishlab chiqarilishi shart.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, o‘zlarining obyektlarida xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (HACCP) tamoyillariga asoslangan tartiblarni qo‘llashlari va shu asosda oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilishning ichki tizimiga ega bo‘lishlari kerak.
O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi barcha tadbirkorlardan yangi qonun bilan to‘liq tanishib chiqish hamda shu asosda o‘z faoliyatini tashkil etishni so‘raydi.