Bugun Adliya vazirligida Sertifikatsiya, Akkreditatsiya va Standartlashtirish masalalari bo‘yicha takliflar tinglandi.
Bugun 20-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida vazir Akbar Toshqulov, tegishli vazirlik, idoralar masʼul rahbarlari bilan birgalikda sertifikatsiya, akkreditatsiya, standartlashtirish masalalari hamda masʼullar tomonidan bildiriladigan muammolar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov chorvachilik yerlaridan unumli foydalanish hamda quruq sut mahsulotiga qo‘yilgan cheklovni yumshatish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.