O‘ZBEKISTON-POLSHA BIZNES FORUMI
O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston – Polsha biznes forumi tashkil etiladi. Ushbu forum Polsha bilan bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi doirasida o‘tkaziladi.
Forum doirasida:
- O‘zbekiston va Polshaning iqtisodiy salohiyati va investitsiya imkoniyatlari taqdimoti
- Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish
- G2B va B2B muzokaralari – hukumat vakillari hamda biznes doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashish
Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting!
25-fevral, Toshkent
Joylar cheklangan! Ushbu forum Polsha bilan savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘ladi.
Fikr bildirish