O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi MDH xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “MDH mamlakatlari shakar bozori – 2026” yillik xalqaro konferensiyasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Masofaviy formatda o‘tgan muloqotda respublikamiz shakar tarmog‘idagi tub transformatsiya jarayonlari va erishilgan natijalar taqdim etildi.
Ma’ruzada sohaga joriy etilgan innovatsion mexanizmlar, xususan, Prezidentimizning PF-250-sonli Farmoniga binoan tadbiq etilgan “51-bojxona rejimi” (bojxona hududida qayta ishlash) hamda aksiz solig‘ining bekor qilinishi natijasida narxlar barqarorligi ta’minlanayotgani alohida e’tirof etildi. Ishtirokchilar O‘zbekistonning mintaqadagi jadal rivojlanayotgan shakar xabi sifatidagi o‘rni va JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi muhim islohotlariga yuqori baho berdilar.
Fikr bildirish