O'zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi
Yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarni qondirish, iste’mol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasini tashkil etdik. Jamoamiz oʻz oldiga mahalliy ishlab chiqaruvchi va mahsulot yetishtiruvchilarning xorijiy hamkorlar bilan aloqalar oʻrnatishiga koʻmaklashish, sohaga yosh mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, yoʻnalishga doir yangi innovatsion texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tadbiq etishni ustuvor vazifa sifatida qo’ygan.
Bahodir Umirshayxov