Hurmatli tadbirkorlar!

2021-yil 5-6-7-aprel kunlari INNOPROM ya’ni «O’ZBEKISTONDA BUYUK SANOAT HAFTASI» XALQARO SANOAT KO’RGAZMASI tashkil etilmoqda.
Mazkur ko’rgazmada siz ham ishtirok etib, ushbu imkoniyatlarga ega bo’lishingiz mumkin:
• mahsulotlaringizni xalqaro miqyosdagi keng ko’lamli ekspozitsiyaning bir qismi sifatida namoyish etish;
• biznes dasturining maxsus mavzuli sessiyalari va B2B uchrashuvlarida qatnashish;
• ko’rgazmaning kommunikatsion platformasida biznes loyihalarning taqdimotida ishtirok etish.
INNOPROM doirasida O’zbekiston, Rossiya, Fransiya, Belorussiya, Qozog’istonning 200 dan ortiq eksponentlari – yirik kompaniyalar vakillari, shuningdek, o’rta va kichik biznes vakillari o’z mahsulotlarini namoyish etadilar.
Sizda ham mazkur ko’rgazmada ishtirok etish istagi bo’lsa, quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin:
+998997232111
+998712203313
Fikr bildirish