FAO ning O’zbekistondagi subregional vakolatxonasi tomonidan uchrashuv tashkil etildi.

BMTning Markaziy Osiyodagi Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ning O’zbekistondagi subregional vakolatxonasi tomonidan gibrid formatda (onlayn va oflayn) uchrashuv tashkil etildi.
Undan ko’zlangan asosiy maqsad mahalliy va xalqaro hamkorlarni 2021-2025-yillarda PSA doirasida rejalashtirilgan dasturlar va tadbirlar bilan tanishtirish hamda kelgusidagi hamkorlik dasturlarini muhokama etishga qaratilgan hisoblanadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlandi. Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov ham ishtirok etib, quyidagilarni ta’kidladi:
- FAO bilan hamkorlik tashkilotimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Fao tomonidan ilgari surilgan barcha maqsad hamda vazifalar uyushmaning maqsadlariga to’liq mos keladi, desak, adashmaymiz.
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
Fikr bildirish