O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarining qadrli foydalanuvchilari!

O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarining qadrli foydalanuvchilari!
Uyushma guruh va kanallaridagi qonun-qoidalar bilan tanishing:
Mumkin:
- sohada yuz berayotgan o’zgarishlar, muammo va kamchiliklar bo’yicha fikrlaringizni qoldirishingiz;
- muhokama jarayonlarida o’z tashabbusingiz bilan faol ishtirok etishingiz;
- oziq-ovqat sanoati sohasiga doir yangiliklarni ulashib borishingiz.
Mumkin emas:
- kishi sha’niga tegadigan so’zlar(vulgarizm) bilan izoh qoldirish, o’zgalarni tahqirlab yoki noo’rin ayblab guruh hamda kanallarda yozish;
- feyk xabarlar va oziq-ovqat sanoati sohasiga taalluqli bo’lmagan ma’lumotlarni tarqatish;
- reklama qilish.
Yuqorida belgilangan me’yorlarga amal qilmagan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Oziq-ovqat sanoati uyushmasining telegram va facebookdagi guruh hamda kanallaridan avtomatik tarzda bloklanadi!
Fikr bildirish