O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi
Yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, isteʼmol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2020-yildagi PQ 4821-sonli qarorining amaliyotga tadbiq etilishiga ko‘maklashish hamda eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni mazkur qarorning ijrosini taʼminlashga kengroq jalb etish maqsadida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tashkil etilgan. Uyushma Adliya vazirligi tomonidan №242-reestr tartib raqami bilan 2020-yil 29-oktabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Mazkur tashkilot zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini to‘laqonli mexanizatsiyalash hamda mahalliy miqyosda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini chetga eksport qilishga ko‘maklashadi. O`zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi bugungi kunda 2500 dan ortiq korxonalarni qamrab oladi.