O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkillashtirilgan seminar tafsiloti.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi hamda Uzdavkarantin xodimi Xorazm viloyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkillashtirilgan seminarda qatnashdi.

Tuman hokimlari, tadbirkorlar, va mahsulotlar yetishtiruvchi mutaxassislar ishtirok etgan seminarda hamma uchun oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai-nazaridan va aholining yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan eksport-import masalalari hamda Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ga aloqador barcha muammolarni yechimlari ko’rib chiqildi.


O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni delegatsiyasi o‘rtasida biznes forumi tashkil etildi

Biznes forumdagi ishtirok

Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni delegatsiyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida biznes forum bo’lib o’tdi.

Biznes forumda iqtisodiyotning neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, qurilish, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, mehmonxona, axborot-texnologiyalar va savdo tarmoqlari vakillari ishtirok etdi.

Saudiya Аrabistoni Investitsyalar vaziri Khalid Аl-Falih boshchiligidagi delegatsiyaning Buhoro shahrida bo’lgan biznes forum uchrashuvi yakunlandi.

Mazkur uchrashuvda “B2B” muzokaralarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek forumga taklif etilgan ikki mamlakat tadbirkorlari oʼrtasida hamkorlik kelishuvlariga erishildi va forum doirasida turli muzokaralar oʼtkazildi. Biznes forumga O’zbekiston eksportchilari uyushmasi raisi Muxtor Umarov hamda O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov Uzdavkarantin xodimi Muslimbek Xalilov qatnashishdi.

Germaniyaning Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) GmbH bilan oziq-ovqat sohasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo’yicha memorandum imzolandi!

Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati (GIZ) GmbH O’zbekistonda iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligi (BMZ), shuningdek, tashqi va ichki ishlar vazirligi kabi boshqa federal idoralar buyurtmasi bo’yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. O’zbekistonda GIZ Davlat byurosi 1992-yildan boshlab Toshkentda faoliyat yuritadi. Filiallari Andijon, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida joylashgan.

Xalqaro hamkorlik doirasida GIZ iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, ta’lim, tabiiy resurslarni muhofaza qilish, shuningdek, ijtimoiy va madaniy integratsiyalarni rivojlantirish sohasidagi islohotlarni qo’llab-quvvatlaydi. O’zbekiston-Germaniya hamkorligining asosiy nuqtasi barqaror iqtisodiy rivojlanishga ko’maklashish va sog’liqni saqlash sohasidir. Bundan tashqari, xususiy iqtisodiyotni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va agrar sektorni takomillashtirshni o`z oldiga maqsad qilgan.

Bugungi uchrashuvda O`zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati (GIZ) GmbH bilan yangi ish o’rinlarini yaratish, yurtimiz hududlarida mutaxassislar malakasini oshirish va ta’lim dasturlari orqali yetuk kadrlar yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilindi

Qadrli xalq noiblari!

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizga maʼlumki, kirib kelayotgan 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Albatta, bu tarixiy sanani siz azizlar va butun xalqimiz bilan birgalikda, “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oya asosida keng bayram qilamiz.

Bugun kelgusi yil uchun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olar ekanmiz, mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimizni yana-da mustahkamlab, eng muhim va ustuvor sohalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratamiz, albatta.

Taʼkidlash kerakki, pandemiya barchamizga tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini, tez yordam xizmati, sanitariya-epidemiologiya tizimini tubdan isloh qilish muhim hayotiy zarurat ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Hozirgi vaqtda dunyoning boshqa mintaqalarida kuzatilayotgan “pandemiyaning navbatdagi to‘lqini” va u bilan bog‘liq xavf-xatarlar hammamizni yana-da hushyor va ogoh bo‘lishga undamoqda.

Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining “Tiriklik hikmatini sog‘liqda, deb bilgin”, degan chuqur maʼnoli so‘zlari naqadar to‘g‘ri ekanini hayotning o‘zi bugun qayta-qayta isbotlamoqda.

Shu bois, mavjud imkoniyat va salohiyatimiz, pandemiya davrida orttirgan tajribamiz hamda xorijdagi ilg‘or yutuqlardan foydalanib, aholi salomatligini asrash va mustahkamlash borasidagi tub islohotlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur.

Bunda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish – eng ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozim.

Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini taʼminlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi.

Shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yana-da oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz.

Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak.

Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi lozim.

Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.

Shu maqsadda, “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz.

Birinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli taʼlim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yamiz, ular jismoniy va maʼnaviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.

Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.

Uchinchidan, o‘g‘il-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Manba: www.president.uz

Qozog‘istondagi chakana savdo sotuvchilar, ishlab chiqaruvchilar va importyorlar uchrashuvi.

2019 yilning 21-22 noyabr kunlari Almatada Exim Expo tomonidan tashkillashtirilgan yirik savdo-sotiq dunyosi tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirning maqsadi ko‘rgazma va MDHning eng yirik chakana savdo sotuvchilari va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarining uchrashuvini tashkil etish edi.

O‘zbekiston Respublikasi Qandolatchilikni Rivojlantirish Uyushmasi raisi B.B. Umirshayxov boshchiligida qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim qilindi. Ushbu tadbir natijasida 9 nafar ishlab chiqaruvchilardan 4 nafari yirik chakana savdo korxonalari bilan eksport shartnomalari tuzildi.

Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi bilan uchrashuv

2019-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligida vazirligida “Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasi” raisi M.Umarov xamrohligidagi kelgan Turkiyalik investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekistonda organik o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya kiritish loyihasi muhokama qilindi.

Mozori-Sharifda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi

2019-yilning 30-iyun – 1-iyul kunlari Afg‘oniston Mozori-Sharif shahrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlarini ko`rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazmaning ishtirokchilaridan biri, Qadolatchilikni Rivojlantirish Uyushmasi raisi M.M. Umarov va rais o‘rinbosari B.B. Umirshayxov bo‘lishdi. Shuningdek ko‘rgazmaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazari N.A. Aripov tashrif buyurdi.

Biz «Sladus products», «Mavis global», «Fayz Foundation», «Class food», «Zebiniso ona» va boshqa qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini namoyish qildik.

“EXPO-Contract Foods&Goods Uzbekistan 2019” ko‘rgazmasi

2019-yilning 22-24-may kunlari Yoshlar ijodiyot saroyida tashkil etilgan «EXPO-Contract Foods&Goods Uzbekistan 2019» ko‘rgazmasida Qandolatchilikni Rivojlantirish Assotsiatsiyasi o‘z stendi va aʼzo korxonalar mahsulotlarini namoyish etdi. Ko‘rgazmada ishtirok etgan Rossiya Federatsiyasi vakillari mahalliy qandolat mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirishdi va bir necha kelishuvlarga erishildi. Assotsiatsiya ko‘rgazma tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va davlatlararo mustahkam hamkorlikga umid bildirib qolamiz.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »