Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi dengiz sathidan 1500 metr balandlikda joylashgan 4 gektar maydonda xorij seleksiyasiga mansub remontant navli organik malina va qulupnay yetishtirilmoqda.

Qulupnay plantatsiyalari 2,5 gektar maydonni egallagan bo‘lib, bu yerda yetishtirish uchun Cabrillio (AQSH), Albion (AQSH), Florida Beauty (AQSH) va Monterey (AQSH) kabi navlar tanlab olingan.

Ekish zichligi — 70×30 sm.lik sxema bo‘yicha gektariga o‘rtacha 50 ming tup ko‘chat ekilgan.

Ko‘chatlarning pastki qismi agrospan bilan qoplangan, somon bilan mulchalangan va tomchilatib sug‘orish tizimi ham o‘rnatilgan.

Qulupnay hosili 150-160 kun davomida yig‘ib olinadi: 20 maydan oktyabr oyi oxiriga qadar bir tupdan o‘rtacha 400-500 gramm, gektariga esa 20-25 tonna hosil olinadi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Yevropa va xalqaro maydondagi eng yirik tadbir – «TUTTO FOOD» xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

8-11-may kunlari Milanda «TUTTO FOOD» xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Ko’rgazma B2B tadbir bo‘lib, har yili butun dunyodan oziq-ovqat sanoati mutaxassislarini birlashtiradi.

Bu yil ko’rgazmada 2850 nafar tadbirkorlik subyektlari hamda 80 000 dan ziyod mehmonlarning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Mazkur tadbir oziq-ovqat sanoati sohasida yangi mijozlar va hamkorlar topish uchun eng qulay platformalardan biri sanaladi.

Agarda siz ham «TUTTO FOOD» xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etishni istasangiz, quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qilib, batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin:
+998997232111
+998712203313

«FoodTech »va «Biz Network» tashkilotlari hamkorligida «Agrologlar uchun innovatsion yechimlar» xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalqaro moliya institutlari, tadbirkorlar, investorlar va qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari qatnashdi.

Forumda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi Yuridik bo‘lim boshlig‘i Jamshid Fayozov ham ishtirok etib, tadbir qatnashchilariga meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va tasniflash texnologiyalari, ularni qadoqlash hamda eksportga yo‘naltirish mavzusida maʼlumotlarni taqdim etdi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

17-18 noyabr kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida bo‘lib o‘tadigan biznes forumga taklif etamiz

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi yurtimiz tadbirkorlarini 17-18 noyabr kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida bo‘lib o‘tadigan biznes forumga taklif etadi.

Biznes forumda asal, kartoshka, meva, quruq meva, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetishtiruvchilar hamda shu mahsulotlar bo‘yicha eksport-import faoliyatini yuritadiganlar ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir.

Forumda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘sh shahridagi bir qancha ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya uyushtiriladi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

«UZGROW TASHKENT – 2022» va «AGROPACK UZBEKISTAN – 2022» ko‘rgazmalariga start berildi!

Ko‘rgazmalarning ochilish marosimida Turkiyaning Sofuar LTD kompaniyasi vakillari, Qozog‘iston, Turkiya, Eron, Isroil davlatlarning yetakchi kompaniyalari, mahalliy tadbirkorlar hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ishtirok etdi.

Ko‘plab tajribali biznes vakillarini bir joyga jamlagan ushbu tadbirda issiqxonalar, tomchilatib sug‘orish uskunalari, urug‘lar, agrokimyoviy moddalar, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Maʼlumot uchun, ko‘rgazmalar

5 noyabr sanasigacha bo‘lib o‘tadi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Ayni damda «O‘zbekiston meva-sabzavot sanoatida innovatsion texnologiyalar» deb nomlangan xalqaro biznes forumga start berildi.

Unda hukumat vakillari, xalqaro moliya institutlari, tadbirkorlar, investorlar va bir qancha agrar sektor masʼullari ishtirok etmoqda.

Forum doirasida agrar sektorda ilg‘or, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, fermer hamda dehqonlarning texnik bilimlarini oshirish masalasi ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Toshkentda joylashgan “HILTON” mehmonxonasida o‘tkazilayotgan, B2B uchrashuvlari formatida tashkil etilgan mazkur forumda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov ham sohada mavjud masalalar va ularning yechimiga bag‘ishlangan nutqi bilan qatnashmoqda.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Tojikistonda xurmodan chipslar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi

Tojikistonning Xatlon viloyati Kushoniyon tumanidagi “Behbudiy” ishlab chiqarish kooperativi xurmodan yangi turdagi meva chipslari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda.

“Xovar” axborot agentligi materialida aytilishicha, kooperativ ushbu mahsulotlarni nafaqat ichki bozorga, balki eksportga ham chiqarishni rejalashtirgan.

Mazkur kooperativda ishlab chiqarilayotgan xurmo chipclari o‘ziga xos taʼmi va sifat ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.

Ayni paytda Tojikistonda xurmo yig‘im-terimi mavsumi davom etmoqda. Tojikistonning iqlim sharoiti ushbu turdagi mevani yetishtirish uchun juda qulay bo‘lib, keyingi yillarda xurmo plantatsiyalari maydoni sezilarli darajada kengaygan.

Bundan tashqari, keyingi yillar Tojikistonda quritilgan mevalar va meva chipslarini ishlab chiqarish hajmi ham ortib bormoqda.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Amerikalik olimlar chili qalampirining hosildorligini oshirib, sifatini yaxshilashga erishmoqda.

Nyu-Mexiko shtati universiteti tadqiqotchilari eng yirik chili yetishtiruvchi shtatda hosildorlikni oshirish uchun ushbu turdagi qalampirning ozuqaviy moddalarga boy, yuqori mahsuldor navlarini yaratish ustida ishlamoqda.

Loyihaning maqsadi belgilar ortidagi genetik asosni yaxshiroq tushunish orqali yaxshilangan ozuqaviy sifat va hosildorlikka ega chili qalampiri navlarini ishlab chiqishdir.

Tadqiqotchilar Nyu-Mexiko qalampirida meva morfologiyasi, ozuqaviy moddalar tarkibi, hosildorlik bilan bog‘liq genetik markerlarni aniqlash uchun genom bo‘ylab assotsiatsiyalar tadqiqotidan foydalanyapti.

Yakunda tadqiqotchilar chili qalampiridagi meva morfologiyasi va ozuqaviy moddalar tarkibini yaxshilovchi molekulyar markerlarni ishlab chiqishadi.

Loyiha USDA tarkibiga kiruvchi Milliy oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi institutining qariyb 489 ming dollarlik granti hisobidan moliyalashtirilmoqda.

Mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi

«KASBIY TAʼLIMNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING MINTAQAVIY ASPEKTLARI: MAQOMOTI VA ISTIQBOLI” mavzusidagi birinchi mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

2022 yil 27–28 oktyabr kunlari

“Hilton” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan yirik xalqaro konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlarining biznes hamda hukumat vakillari jamlanishdi.

Tadbirda Germaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob doktor Tilo Klinner, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov, shuningdek, bir qancha masʼullar ishtirok etmoqda.

Konferensiyada Markaziy Osiyo mamlakatlarida kasb-hunar taʼlimi tizimini rivojlantirish, Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sektorlari uchun kasbiy taʼlim kabi masalalarni ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 9,5 mln. AQSH dollariga teng qariyb 16 ming tonna xurmo eksport qilgan.

Xurmo eksporti 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,3 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p xurmo eksport qilgan davlatlar quyidagilar:

– Rossiya – 8,2 ming tonna

– Qozog‘iston – 6,5 ming tonna

– Qirg‘iz R. – 553 tonna

– Turkmaniston – 422 tonna

– Belarus R. – 206 tonna

– Mongoliya – 4,4 tonna

Manba: stat.uz

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »