Gilos savdosi – katta bozor, shu sababdan Markaziy Osiyoda ham u o’z o’rnini topishi mumkin.

Gilos savdosi – katta bozor, shu sababdan Markaziy Osiyoda ham u o’z o’rnini topishi mumkin. Gilos oldi-sotdisining jahon savdosidagi hajmi 3,7 milliard dollarni tashkil etadi (2019).

Chili shirin gilosning eng yirik eksportchisi hisoblanadi( 35%). Chili Janubiy yarim sharda joylashgan va iste’molchilarining aksariyati Shimoliy yarim sharda yashaydi. Shu sababdan, chililiklar Shimoliy yarim sharga mavsumiy tarzda o’z giloslarini sotishlari mumkin.

Ikkinchi yirik eksportchi Gonkong bo’lib, mazkur davlat gilosning ham eksportchisi, ham yirik importchilari qatoriga kiradi. Gonkong gilos hajmining 2/3 qismini import hamda reeksport qiladi.

Bundan tashqari, gilosning jahon eksportchilari guruhiga AQSh (16%), Turkiya, Ispaniya kiradi. Eng yirik gilos importchilari esa Xitoy (38%), Gonkong (27%), Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Xitoy Markaziy Osiyodan gilos eksport qiluvchi istiqbolli davlat hisoblanadi(mi?)

FAO mutaxassislari tomonidan tuzilgan «Markaziy Osiyodan gilos eksport qilish uchun eng katta salohiyatga ega mamlakatlar» reytingida Xitoy birinchi o’rinni egalladi.

Ushbu ma’lumot FAO (Ukraina) xalqaro maslahatchisi Andrey Pankratov tomonidan «Eksport uchun meva-sabzavot mahsulotlarini targ’ib qilish va qadoqlashni samarali tashkil etish» bo’yicha o’tkazilgan virtual trening paytida e’lon qilindi.

Mazkur reyting asosida Xitoy Markaziy Osiyodan gilos eksport qiluvchi istiqbolli davlat hisoblanadi, deya bemalol aytishimiz mumkin.

Xitoy boshqa donakli mevalar: shaftoli va nektarinni eksport qilish uchun ham yaxshi hudud sanaladi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

O’zbekistondan Ukraina, Belorusiya va Rossiyaga ertapishar karam eksporti ko’payishi mumkin.

Kartoshka va piyoz kabi mahsulotlar bilan bir qatorda ertapishar karam – O’zbekistonda yerdan yig’iladigan yilning birinchi yangi ekinidir. 2021-yilda ertapishar karam mart oyining ikkinchi yarmida mamlakatimizning dehqon bozorlari-yu, supermarketlarida paydo bo’ldi va ko’plab savdo do’konlarida o’tgan yilgi karam hosilining o’rnini bosdi.

2021-yil 16-aprel holatiga ko’ra, ertapishar karam Toshkentdagi supermarketlarda 4500-5000 so’m / kg ($ 0.43-0.48) narxlarida sotilmoqda va narx ikki haftadan beri shu miqdorda saqlanib kelinmoqda.

Ertapishar karamni O’zbekistondan Ukraina, Belorusiya va Rossiyaga eksport qilish hozirda qizg’in sur’atlarda ketmoqda va uning narxi qadoqlash turi (sumka yoki qutilar)ga qarab 0,32 dollar / kg dan 0,43 dollargacha (0,7-1,7 kg kalibrda) baholanmoqda.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi xodimlari «CERT ACADEMY GROUP» xalqaro o’quv kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ISO 22000: 2018 (HACCP) Xalqaro standarti bo’yicha 3 kunlik o’quv kurslarini tamomlashdi.

ISO 22000: 2018 – bu oziq-ovqat sifati va xavfsizligi uchun mas’ul bo’lganlarga maxsus ishlab chiqilgan keng qamrovli kurs hisoblanadi.

Kurs davomida ishtirokchilar xatarlarni boshqarish, aloqa menejmenti, xavfli omillar tasnifi va oziq-ovqat xatarlarini aniqlash, xavf tahlili va xavfni baholash, harakatgacha bo’lgan dasturlarni (PRP) ishlab chiqish usullari, xavfni boshqarish rejasi (OPRP va HACCP), EMSning ichki auditi (rejalashtirish, o’tkazish, hisobot berish, psixologik jihatlar) bo’yicha yangi bilimlar olishdi va ichki auditorlik huquqiga ega bo’lishdi.

Kurs so’nggida, GIZ ning O’zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimi Jahongir Jo’rayev tomonidan uyushma vakillariga Sertifikat topshirildi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »