
Oziq-ovqat sanoati sohasiga doir eng so‘nggi va aktual yangiliklarni bizning rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

Oziq-ovqat sanoati sohasiga doir eng so‘nggi va aktual yangiliklarni bizning rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy
xamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida 14-15 iyul kunlari Toshkent shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur biznes-forumda Pokistondan kariyb 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Biznes-forum davomida tadbirkorlar tomonidan B2B uchrashuvlarida savdo va investitsiyaviy
shartnomalarni imzolash xam belgilangan.
Agarda siz Pokiston tadbirkorlari bilan hamkorlikda investitsiyaviy loyihalari amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, forumda ishtirok etish orqali ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolashingiz mumkin.
O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumida qatnashmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat eting:
+998997232111
+998712203313
Bahodir Umirshayxov – O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi

“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi
Har qanday mamlakatda iqtisodiyotning muhim sektori bo‘lgan, davlat hayotidagi barcha sohalarning eng aktual bo‘laklaridan biri hisoblangan oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini tayyorlash va eksportini ko‘paytirish borasida davlat dasturi doirasida bugungi kunda ko‘plab masalalarni hal qilishga kirishilgan. Jumladan, hozirda jahon bozoridagi talablardan kelib chiqqan holda eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bu ishni amalga oshirish uchun oziq-ovqat sanoati bo‘yicha xalqaro standartlarni o‘rganish va faoliyatga tatbiq etish talablari tadbirkorlar hamda agromutaxassislar gardaniga qo‘yilgan dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda yiliga o‘rtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin go‘sht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi o‘rtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan respublikada agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi yetishtirilgan hosilning kamida 30 foizga yaqinining isrof bo‘lishiga olib kelmoqda. Ba’zan yetishtirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishda ham katta muammolar chiqib qolayotganligi odamni abgor holga soladi. Bir gap bilan aytadigan bo‘lsak, respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha.
Mazkur kamchiliklarga o‘rinli yechim topib, bartaraf etishga ko‘makashish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, iste’mol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida 2020-yil 29-oktabr kuni Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tashkil etilgan.
Joriy yilning 26-may kuni “Hyatt Regency” Tashkent mehmonxonasida tashkilotning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat karantin qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi vakillari, 15 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari hamda 20 dan ziyod ommaviy axborot vositalari xodimlari: jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Dastlab, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi rahbari Bahodir Umirshayxov so‘zga chiqib, tashkilot maqsad-vazifalari, o‘tgan 7 oy davomida amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot qildi:
E’tiborli jihati, uyushma oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirgan. Bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga bozordagi real vaziyatni hisobga olgan holda ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil belgilash, eksportni ko‘paytirish va xorijda milliy brendlarni ilgari surishga ko‘proq erkinlik beradi.
Taqdimotdan so‘ng, “O’zbekiston Eksportchilari” uyushmasi rahbari Muxtor Umarov so‘zga chiqib, qaytadan tashkil etilgan Oziq-ovqat sanoati uyushmasining mamlakatimiz eksport salohiyati uchun qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish yo‘nalishda qilinadigan ishlar ko’‘ami haqida nutq so’zladi:
Tadbir so‘nggida ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida uyushma rahbariyati bilan savol-javob o‘tkazildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 29-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror imzolangan edi. Unga asosan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha 174 va oziq-ovqat sohasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish borasida 24 yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilishi, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mavjud samarasiz bog‘lar o‘rnida 36 ming gektar intensiv bog‘lar tashkil etilishi rejalashtirilgandi. Uyushmaning tashkil etilishi yuqorida qarorning amaliyotda keng va samarali tatbiq etilishiga ma‘lum ma‘noda yetakchi kuch bo‘la oladi, desak adashmaymiz!
Oʻzbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi
Matbuot xizmati
Spiker: Dilshod Abduvohidov
Avvalambor assalomu alaykum aziz mehmonlar, xonimlar va janoblar, hurmatli tadbir tashkilotchilari!
O’z nutqimni boshlashdan avval ushbu yig’inga taklif etishgani uchun tashkilotchilarga o’z minnatdotchiligimni bildirib o’tmoqchiman.
Barchangizni mamlakatimizning nafaqat maishiy-ijtimoiy, balki siyosiy-iqtisodiy hayotining rivojida aktual soha hisoblangan qishloq xo’jaligini taraqqiy toptirishga qaratilgan muhim tashabbus – «Assalom, Agro» loyiha taqdimotida ko’rib turganimdan juda ham mamnunman! O’ylaymanki, mazkur loyiha nafaqat soha, balki unda faoliyat yuritayotgan shaxslarning ham ish jarayonidagi og’irini yengil qilishda ko’p yillar davomida asqotadi.
Shu fursatdan foydalanib, bugun men «Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda qishloq xo’jaligi mahsulotlari bazasining ahamiyati» mavzusida o’z fikrimni bildirib o’tmoqchiman! Bilamizki, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mazkur sohani rivojlantirishning eng asosiy omili hisoblanadi.
Yodingizda bo’lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020-yil 14-aprel kuni qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi o’tkazilgan edi. Yig‘ilishda meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobar oshirish masalasi qo‘yilgandi. Va ushbu maqsadga erishishda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tuman, 86 ta klaster va 125 ta kooperativ bu borada yetakchi bo‘lishi kerakligi ta’kidlangandi.
Uchrashuvda qo’yilgan vazifalarni tizimli va samarali amalga oshirish maqsadida bir qancha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangandi. Jumladan,
-Meva-sabzavotchilikni rivojlantirish – 136 ming gektarda hosil berayotgan maydonlar, 63 ming gektardagi yangi bog‘ va tokzorlarning har qator oralari, shuningdek, 600 ming gektar takroriy ekin maydonlaridan samarali foydalanishni taqozo etishini hisobga olgan holda, 2-3 marta hosil olishni yo‘lga qo‘yish barobarida foydalanishdan chiqqan, 124 ming gektar yerni to‘liq va 155 ming gektar lalmi yerni suv chiqarish orqali o‘zlashtirish rejalashtirilgan;
-Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi jamg‘armalariga 300 mlrd. so‘m ajratilgan;
Urug‘liklar ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi uchun ular importini markazlashgan holda tashkil etish zarurligi hamda har yili mamlakatimizga 300 ming tonnaga yaqin kartoshka, shuningdek, 10-15 ming tonna urug‘lik kartoshka chet eldan olib kelinishini hisobga olgan holda, Qo‘rg‘ontepa, Baxmal, Zomin, Shahrisabz, Kitob, Yangiqo‘rg‘on, Bulung‘ur, ` Bo‘stonliq tumanlari urug‘lik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilishi belgilangandi.
O‘g‘it bilan ta’minlash masalasi mavjudligi inobatga olingan tarzda, «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati zimmasiga ikki hafta ichida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda o‘g‘it do‘konlari tashkil etish vazifasi yuklatilgandi. Bundan tashqari, meva-sabzavot va issiqxona yo‘nalishida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning 700 million dollar kredit liniyalarini jalb qilish va tijorat banklarining to‘xtatilayotgan loyihalar hisobidan bo‘shagan mablag‘larini qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirish vazifasi qo‘yilib, meva-sabzavotni eksport qiluvchilarga ham imtiyozlar berilishi, xususan, ularning avtotransportda yuk tashish xarajatining 50 foizi Eksportga ko‘maklashish jamg‘arasi hisobidan qoplanishi, buning uchun jamg‘armaga qo‘shimcha 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangandi.
Mazkur qarorlar mamlakatimizni modernizatsiyalash sharoitida oziq-ovqat sanoati va Qishloq xo’jaligini isloh qilish, fermer xo’jaliklariga biriktirilgan yer uchastkalarini optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi, desak adashmaymiz. Ammo yuqorida ta’kidlangan ishlar ijrosini amaliyotda to’liq realizatsiya qilishda bir qancha masalalar yuzaga keldi.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimizda yiliga oʻrtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin goʻsht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi oʻrtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda. Bu o’z-o’zidan respublikada agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yo’nalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi yetishtirilgan hosilning kamida 30 foizdan ziyodining isrof boʻlishiga olib kelmoqda. Ushbu vaziyatdagi asosiy va aktual masalalardan biri qishloq xo’jaligi sohasiga doir ma’lumotlar almashinuv va to’planuvining yagona bazasi yo’qligida bo’ldi, desam adashmayman. Qishloq xo’jaligining boshlang’ich negizida faoliyat yurituvchi shaxslar: dehqonlar, bog’bonlar va fermerlardir. Ularga o‘simliklarni sifatli yetishtirish uchun foydali vositalar, urug‘ va ko‘chatlarni qanday qilib to‘g‘ri tanlash mumkinligi, xaridor bilan oldindan to‘lov borasida qanday qilib kelishib olish lozimligi, o‘simliklar himoyasi uchun zarur vositalarni qayerdan topish mumkinligi haqidagi ma’lumotlar doimo qiziq va kerakli bo’lib kelgan. Aynan shunday ma’lumotlarni yetkazib turuvchi yagona bir platforma bo’lmagan. Oziq-ovqat sanoati sohasida ham, qishloq xo’jaligi sohasida ham ma’lumotlar bazasining qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligini yuqoridagi so’zlarimiz yaqqol tasdiqlab turibdi. “Assalom, Agro» – fermerlar bilan xorijiy va mahalliy iste’molchilarni birlashtiruvchi savdo platformasining yaratilishi masalaga yaxshigina yechim bo’ldi. Xalqaro talablarga mos keladigan toza va sifatli bogʻlar haqida ma’lumotlarni aholiga ulashish, mahsulotni saralash va qadoqlash, kalibrlash, kutilayotgan ob-havoni oldindan bilish va hosilni saqlab qolish chora-tadbirlariga tayyorlanish maqsadida ishga tushirilgan «Assalom agro» platformasi jamoasini bugungi tantana bilan qutlayman! Va kelajakdagi faoliyatlariga zafarlar tilab qolaman!
Spiker: Bahodir Umirshayxov
Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hurmatli tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda uzog’-u yaqindan kelgan barcha mehmonlar!
O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ochilish marosimi hamda uning doirasida tashkil etilayotgan press-konferensiya dasturiga xush kelibsizlar!
Barchamizga ma’lum, hozirgi paytda jahon bozoridagi talablardan kelib chiqqan holda eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bu ishni amalga oshirish uchun oziq-ovqat sanoati bo’yicha xalqaro standartlarni o’rganish va faoliyatga tatbiq etish talablari tadbirkorlar hamda agromutaxassislar gardaniga qo’yilgan dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimizda yiliga oʻrtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin goʻsht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi oʻrtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda. Bu o’z-o’zidan respublikada agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yo’nalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi yetishtirilgan hosilning kamida 30 foizdan ziyodining isrof boʻlishiga olib kelmoqda. Ba’zan yetishtirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazishda ham katta muammolar chiqib qolishini odamni abgor holga soladi. Bir gap bilan aytadigan bo’lsak, respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha.
Mazkur kamchiliklarga o’rinli yechim topib, ularni bartaraf etishga yordam berish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish, iste’mol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-sentabrdagi PQ 4821-sonli qarorining amaliyotga tadbiq etilishiga ko‘maklashish hamda eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni mazkur qarorning ijrosini taʼminlashga kengroq jalb etish maqsadida 2020-yil 29-oktabr kuni Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tashkil etildi.
Aziz mehmonlar, keling, dastlab uyushmaning tarixiga to’xtalib o’tsam:
Uyushma o`z faoliyatini 2018-yil Qandolatchilik sanoati uyushmasi sifatida boshlagan. Uning tarkibida 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari qamrab olingan. “Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasi” o’z a’zolariga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy bozorlarga olib chiqish, HALOL, GlobalGap kabi bir qancha xalqaro sertifikatlarni qo’lga kiritish, qandolatchilik faoliyatini yurituvchi tadbirkorlarga chetdan kerakli texnik asbob-uskunalarni keltirish va hamkorlar topishda ko’maklashgan. Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq ishbilarmon doira vakillariga ish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda yordam bergan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, 2019-yil “Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasi” aʼzolari tomonidan mamlakatimizga 50 million AQSH dollaridan ortiq miqdordagi kapital investitsiyalar jalb qilingan.
Bir narsani alohida qayd etib o’tishni zarur, deb hisoblayman. Qandolatchilik uyushmasi tashkil etilishida “Mavis”, “Crember”, “Zebiniso ona”, “Sladus” hamda “Taste food” tashkilotlari faol ishtirok etishgan. Uyushmaga asos solinishida esa mana shu davrada o’tirgan “O’zbekiston Eksportchilari” uyushmasi raisi Muxtor aka Umarovning o’rinlari beqiyos. O’zlari barcha tashkiliy ishlarga o’zlari bosh-qosh bo’lganlar. Ularga uyushmamiz jamoasi nomidan o’z samimiy minnatdorchiligimizni bildirib o’tamiz.
Keyinchalik qandolatchilik sohasidan boshqa oziq-ovqat yo’nalishlari bo’yicha ham “Qandolatchilikni rivojlantirish” uyushmasiga ko’plab murojaatlar kelib tushganligi sababli va oziq-ovqat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga kattaroq masshtabda yaqindan yordam berish maqsadida O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tashkil etildi.
Ayni paytda uyushmaga rasmiy ro’yxatdan o’tgan a’zolar soni 50 tani tashkil etadi. Biroq uyushma jami 5450 dan tadbirkorlik subyektlarini o’z ichiga qamrab oladi.
O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi o’z oldiga eng avvalo, Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarini birlashtirishni maqsad qilib qo’ygan. Bunda bir maqsadli va bir muammoli tadbirkolarni bir-biri bilan uchrashtirish, faoliyatida yechim topilishi dolzarb bo’lib turgan tadbirkorlarga tayanch bo’lish ko’zda tutilgan.
Uyushmaning yana bir maqsadi mamlakatimiz tadbirkorlik sektori faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Mazkur yo’nalishda mahalliy ishlab chiqaruvchi va mahsulot yetishtiruvchilarga xorijiy hamkorlar bilan aloqalar o’rnatish, ularning huquqiy va iqtisodiy havfsizligi hamda manfaatlarini himoya qilish, oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning malakalarini oshirish, sohaga yosh mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, yo’nalishga doir yangi innovatsion texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarni amalda tadbiq etish ishlarini amalga oshirish belgilangan.
O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining o’z oldiga qo’ygan bir qancha ustuvor vazifalari ham mavjud. Ulardan sirasiga mahsulotlarning xavfsizlik standartlariga muvofiqligini taʼminlash, xalqaro xavfsizlik standartlariga javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarish jaroyonlarini tadbirkorlarga o’rgatish, ishlab chiqaruvchilarni xalqaro va mahalliy sertifikat hamda hujjatlarni olishga tayyorlash, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini yaratishga ko’maklashish, import jarayonini takomillashtirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojni neytrallashtirish, narx-navolarning sun’iy tarzda keskin o’zgarishini oldini olish kabilar kiradi.
Uyushma tashkil etilganidan buyon shu kunga qadar tadbirkorlardan 500 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. (1-may holatiga ko’ra)
Ulardan,
Endi esa qisqacha uyushmadagi ish jarayoni bilan tanishtirib o’taman:
Bilasizmi, Azizlar!
Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlashda bir qancha o’z yechimiz topmay kelayotgan masalalar bor. Bularga misol sifatida,
Sohada mavjud kamchilik va masalalarni chuqur tahlil etgan holda O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi bir qancha ishlarni amalga oshirdi. Jumladan,
Shu o’rinda, uyushma tomonidan o’z a’zolariga ko’rsatiladigan xizmatlar haqida ham ma’lumot berib ketmoqchiman. Demak, O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi xizmatlari quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan bir qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda:
Shuningdek, quyidagi loyihalarni amalga oshirish ustida hozirda ishlar qizg’in tarzda ketmoqda:
Yuqorida ta’kidlangan loyihalarning tavsifi haqida batafsil bilmoqchi bo’lsangiz, press-konferensiyaning savol-javob qismida to’liq ma’lumotlar berib o’tiladi.
O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi bugungi kunda
Hurmatli mehmonlar,
Xabaringiz bor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 29-iyulda “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qaror imzolangan edi. Unga asosan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha 174 ta, oziq-ovqat sohasida import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish borasida 24 yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilishi, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mavjud samarasiz bogʻlar oʻrnida 36 ming gektar intensiv bogʻlar barpo qilinishi rejalashtirilgandi. Uyushmaning tashkil etilishi yuqoridagi qarorning amaliyotda keng va samarali tatbiq qilinishiga ma’lum ma’noda yetakchi kuch bo’la oladi, desak adashmaymiz! Va uyushmamiz xodimlari bu borada samarali mehnat faoliyatini yuritib kelishayotganligini alohida faxr bilan ta’kidlab o’tamiz!
Azizlar,
Barchangizga press konferensiyaga kelganingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildirgan holda o’z so’zimni yakunlayman! Va har biringizga sihat-salomatlik, ishlaringizga omad hamda muvaffaqiyatlar tilab qolaman!
E’tiboringiz uchun rahmat!
Oziq-ovqat sanoati uyushmasidan Bahodir Umirshayxov va RUZ TRADER tashkiloti tomonidan Mixail Panchenkov vakilligida imzolangan memorandum ikki mamlakat biznes tuzilmalari o‘rtasida yana-da yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishni nazarda tutadi.
Memorandum doirasida ikki davlat tadbirkorlarining savdo va investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatlarning iqtisodiyot va tashqi savdo, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qonunchilik, qoidalari to‘g‘risida o‘zaro manfaatli maʼlumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Shuningdek,O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida yarmarka, ko‘rgazma, seminar, simpozium hamda konferensiyalar o‘tkazishni tashkillashtirish belgilangan.
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
+998985775353
O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Afg‘onistonning «Yellow Pages» tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum o‘z ichiga oziq-ovqat sanoati sohasida hamjihatlikda tadqiqotlar o‘tkazish, bozor va aholi ehtiyojlarini o‘rganish, o‘zbek-afg‘on tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlari, forum, konferensiya, ko‘rgazmalar o‘tkazishni qamrab oladi.
Shuningdek, memorandum doirasida ikki mamlakat o‘rtasida mahsulotlar eksportining samarali tarzda amalga oshirilishini taʼminlashga ko‘maklashish ham nazarda tutilgan.
Uchrashuvning natijasi o‘laroq, uyushmaning Xorijiy hamkorlarni jalb qilish va eksportga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Abdurahmonov Bahodir Abdumannonovich Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan faoliyat olib boruvchi doimiy vakil sifatida tayinlandi.
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
“O’zbekiston Eksportchilari” hamda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi rahbarlari Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyatining O’zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimi, «Markaziy Osiyoda kasb-hunar ta’limi» loyihasining milliy koordinatori Jahongir Jo’rayev bilan uchrashishdi.
Suhbat davomida o’rta maxsus ta’lim bosqichida o’qitilishi kerak bo’lgan yoshlarni ishlab chiqarish sohasida yetuk tajriba hamda nazariy bilimga ega kadr sifatida tayyorlash masalalari ko’rib chiqildi.
Uchrashuv so’ngida yuqorida ta’kidlangan yo’nalish bo’yicha tizimli tarzda o’qitish, shuningdek, o’qishning ilk kunidanoq ilm oluvchilarni amaliyot joyi hamda ish bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqishga kelishib olindi.
O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti o’rtasida o’zaro hamkorlik qilishni samarali yo’lga qo’yish maqsadida memorandum imzolandi.
Undan ko’zlangan asosiy maqsad Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni o’rganish, tahlil qilish, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik bazasini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxovning ta’kidlashicha, memorandum doirasida Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarini o’rganish bo’yicha chuqur marketing tadqiqotlarini o’tkazish, buning asosida tarmoqni o’rta, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish amalga oshiriladi.
Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG