Mars tuprog‘ida sabzavot o‘stirildi

Mutaxassislar Mars tuprog‘ida sholg‘om, turp va salat bargi o‘stirishga muvaffaq bo‘lishdi. Biroq, ushbu mahsulotlar yerdagi muqobillariga o‘xshamaydi.

Yangi tadqiqotda olimlar Qizil sayyoradagi vulqon jinslarini o‘rganib, o‘simlik yetishtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazishdi.

Tadqiqotchilar, odatda, chorva uchun pichan sifatida yig‘ib olinadigan beda o‘simligi yaxshi o‘sishini aniqlashdi.

Bundan tashqari, beda maydalanganda hosil bo‘lgan kukun taqir tuproqda sholg‘om, turp va salat o‘sishi uchun o‘g‘it sifatida xizmat qilishi mumkinligi maʼlum bo‘ldi.

Mutaxassislar, shuningdek, dengiz bakteriyalari yordamida Marsning sho‘r suvini tuzsizlantirish mumkinligini kashf qilishdi.

Biroq, olimlar yetishtirgan o‘simliklar Yer yuzidagi mahsulotlarga o‘xshamadi, chunki ular yerdagi muqobillariga nisbatan u qadar to‘yimli emas.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Portugaliyadagi qurg‘oqchilik don, olma va kartoshka hosilini 30 foizga qisqartirishi mumkinligi aytilmoqda.

Pomidor va guruchni hisobga olmaganda, 2022 yilgi mavsumda Portugaliyada hosildorlik pasayishi uzoq davom etgan qurg‘oqchilik tufayli kutilganidan ham oshib ketdi.

Portugaliya Milliy statistika instituti maʼlumotlariga ko‘ra, olma hosili 15 foizga, nok hosili 30 foiz, shaftoli hosili 25 foiz, uzum hosili 10 foizga qisqarishi kutilmoqda.

Aytish joizki, dunyoda kechayotgan oqlim o‘zgarishi tufayli ko‘plab mamlakatlar shu kabi oziq-ovqat inqiroziga duch kelmoqda.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 26,6 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 98,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 44,5 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

– Qozog‘iston – 47 ming tonna

– Rossiya – 23,4 ming tonna

– Qirg‘iz R. – 14,4 ming tonna

– Tojikiston – 9,3 ming tonna

– Belarus – 1,9 ming tonna

2022 yilning 7 oyida xorijga eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan hududlar:

– Toshkent viloyati – 23,4 ming tonn

– Farg‘ona viloyati – 12,8 ming tonna

– Andijon viloyati – 11,4 ming tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 19 ta xorijiy davlatga qiymati 5,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 6,2 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,8 ming tonnaga kamaygan.

2022 yilning 7 oyida O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar qo‘yidagilar:

– Qozog‘iston – 4 ming tonna

– Qirg‘iz R. – 706 tonna

– Rossiya – 502 tonna

– AQSH – 219,4 tonna

– Germaniya – 161 tonna

– Tojikiston – 148 tonna

Xorijga eng ko‘p qalampir eksport qilgan hududlar quyidagilar:

– Surxondaryo viloyati – 1,6 ming tonna

– Farg‘ona viloyati – 1,1 ming tonna

– Jizzax viloyati – 751 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

Janubiy yarimshar mamlakatlari patentlangan uzum navlarini yetishtirish va uning eksportini ko‘paytirmoqda.

2021/22 yilgi mavsumda Janubiy yarimshar mamlakatlari 1,5 million tonna uzum eksport qildi. So‘nggi o‘n yil ichida hududda mazkur mahsulot eksportining umumiy hajmi 0,3 million tonnaga o‘sdi.

Janubiy yarimshar uzumi umumiy eksportining 40 foizi Chili, 35 foizi Peru, 23 foizi Janubiy Afrika va 4 foizi Braziliya ulushiga to‘g‘ri keladi.

Yevropa hali ham braziliyalik uzum yetishtiruvchilarning asosiy bozori hisoblanadi. O‘tgan mavsumda umumiy eksport hajmining 78 foizi Yevropa, 15 foizi Shimoliy Amerika va 7 foizi Lotin Amerikasi ulushiga to‘g‘ri kelgan.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Qatar Davlati Munitsipalitet va atrof-muhit vazirligi, «Al Meera» va «Hassad Food» kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya 15-19 avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘lib qaytishdi.

Tashrif davomida qatarlik ishbilarmon doira vakillari O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga ham tashrif buyurishdi.

«Al Meera» va «Hassad Food» kompaniyalari vakillariga O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi rahbariyati tomonidan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat sanoati imkoniyatlari haqida maʼlumotlar taqdim etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekistondan Qatarga qishloq xo‘jaligining barcha turdagi mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokamalardan so‘ng, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport-import faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Moldovalik seleksioner Ruminiyada grek yong‘og‘ining qizil navini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Yaqinda “Rubin” navli grek yong‘og‘ining Ruminiya o‘simlik navlari katalogida omologatsiya va ro‘yxatga olish jarayoni yakunlandi. Nav shunisi bilan qiziqki, meva mag‘zining po‘stlog‘i ajoyib qizil rangda.

Tabiiy seleksiya natijasida paydo bo‘lgan bunday mevali yovvoyi holda o‘sib turgan daraxtni ruminiyalik fermer tasodifan kashf etgan. U tufayli yong‘oq ko‘chatlari Moldova Respublikasiga borib qoldi va Moldovadagi pitomnik korxonalaridan birida nav barqarorlik va tijoriy jihatdan qiziqarli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosqichga qadar payvandlandi. “Rubin” navi hozirgi kunda Moldova Respublikasida rasmiy ro‘yxatdan o‘tish jarayonida turibdi.

Yangi navni unumdorligi bo‘yicha o‘xshash navlar bilan taqqoslab bo‘lmaydi va u kalibri, organoleptik xususiyatlari hamda boshqa jihatlari bo‘yicha noyob xususiyatlarga ega emas.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Mamlakatimizda 2022 yil yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatdan 55,5 mln dollarga 319 ming tonna kartoshka import qilindi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 11,6 ming tonnaga ko‘p.

Kartoshka eng ko‘p Pokiston (257,4 ming tonna), Qozog‘iston (23,4 ming tonna) va Rossiya (14,5 ming tonna)dan import qilingan.

Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (8,9 ming tonna), Eron (5,6 ming tonna), Afg‘oniston (4 ming tonna) va Niderlandiya (3,9 ming tonna) qayd etildi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »