Germaniyadagi yirik xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida O‘zbekiston mahsulotlari namoyish etilmoqda.
2023 yilning 20 yanvaridan 29 yanvariga qadar Germaniya poytaxti – Berlin shahrida «Green week – 2023» deb nomlangan yirik xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston mahsulotlari umumiy maydoni 240 metr kvadratlik «Made in Uzbekistan» stendida taqdim etilmoqda. Ushbu stendda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining 227 turi namoyish etilmoqda, sarxil va quritilgan meva-sabzavotlar, yong‘oqlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, o‘zbekistonlik oshpazlar har kuni palov, somsa, tandirda yopilgan non va boshqa taomlar tayyorlab, tadbirga tashrif buyuruvchilarni mehmon qilishmoqda.
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313