Nurota tumanida umumiy qiymati 500 000 dollarga baholangan 200 gektar maydonda yong‘oq plantatsiyasini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Nurota tumani hokimligi tomonidan xorijiy kapital ishtirokidagi «Angora agro industrial» masʼuliyati cheklangan jamiyatining yirik yong‘oq plantatsiyasi tashkil etish tashabbusi maʼqullandi.
Kompaniyaning asoschisi Turkiyadan kelgan investordir. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaga jami sarmoya miqdori 500 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Manbaga ko‘ra, hududga o‘zagi oq, qobig‘i yupqa yong‘oq plantatsiyalari yotqiziladi.
«Yong‘oq plantatsiyasini yaratish uchun biz 1500 gektar maydonda tuproq tarkibi va holatini o‘rgandik. Yakunda 200 gektar yer tanladik va joriy mavsumda u yerga 50 000 ta ko‘chat ekishni rejalashtirganmiz», — deya taʼkidladi turkiyalik investor Musayid Fatin.
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313