Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi O‘zbekiston zarur konvensiyalarni ratifikatsiya qilgani va 2024 yildan 2034 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan “GSP+” tizimining benefitsiari maqomini yangi muddatga uzaytirish uchun barcha asoslarga ega ekanini qayd etdi.
Ushbu fikrlar O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yevroparlament aʼzolari bilan bo‘lib o‘tgan va O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar chog‘ida aytib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021 yil 10 apreldan boshlab, Yevropa Ittifoqiga 6200 turdagi tovarlarni bojsiz eksport qilish imkonini beruvchi Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimiga qo‘shilgan edi.