Qonunda organik mahsulotlar yetishtirish sohasi, shuningdek, ushbu yo‘nalishda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda asosiy muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi belgilangan.
Yangi Qonunga muvofiq, organik mahsulot yetishtiruvchilarning huquq va majburiyatlari belgilangan. Unga ko‘ra, organik mahsulot yetishtiruvchilar ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish va realizatsiya chog‘ida o‘z firmasi nomidan, tovar va xizmat ko‘rsatish belgisidan foydalanish huquqiga egadir.