«Intercontinental Hotel» mehmonxonasida USAID tashkiloti ko‘magida «Savdo olami: tendensiyalar va dinamikalar» mavzusida Mintaqaviy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xanik, JST Bosh direktorining o‘rinbosari janob Syanchjen Chjan, OTB O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lao-Araya Kanokpan xonim, Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adrian xonim ishtirok etishdi.
????Konfirensiyada, O‘zbekiston JSTga aʼzo bo‘lishining hozirgi holati, mintaqaviy savdo kelishuvlari, JST va qishloq xo‘jaligi savdosi, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosi, sanoat eksporti, strategiyalari va savdoni rag‘batlantirish xizmati provayder(TPSP) dasturlari haqida muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.
????Shuningdek, konferensiya mamlakatlarga o‘zlarining individual iqtisodiy islohotlar dasturlarini qo‘llab-quvvatlash hamda Markaziy Osiyo mintaqasining Osiyo va Yevropani bog‘lovchi noyob tranzit xab sifatidagi rolini kuchaytirishga yordam beradi.
◀️Mintaqaviy anjumanda, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasidan vakil sifatida uyushma raisi B. Umirshayxov hamda Djamshed Kudratulloyevich qatnashmoqda.