2024 yil 10-13 iyul kunlari Turkiyaning Yeşilko‘yda joylashgan Istanbul Expo center ko‘rgazma markazida “F-Istanbul” oziq-ovqat va ichimliklar mahsulotlari va ishlab chiqarish texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Bu ko‘rgazma Turkiyadagi keng qamrovli oziq-ovqat va ichimliklar mahsulotlari, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari ko‘rgazmasi hisoblanib, unda 93 ta davlatdan 15 ming ortiq professional tashrif buyuruvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur ko‘rgazma besh qismga bo‘lingan holda tashkil etilmoqda:

????Oziq-ovqat va ichimliklar;

????Yong‘oq va quritilgan mevalar;

????Chakana savdo uskunalari va do‘kon dizayni;

????Oziq-ovqat va ichimliklar sanoati uchun qayta ishlash, qadoqlash va ingrediyentlar;

????Pechene, shokolad va qandolat mahsulotlari.

Ko‘rgazmada «Viziter sifatida» ishtirok etishni istaganlar uchun quyidagi xizmatlarni taklif qilamiz:

♦️5* mehmonxonada 2 kecha tunash (nonushta bilan birga) – 400$ PULLMAN ISTANBUL HOTEL & CONVENTION CENTER;

♦️Aviachipta – 580$ (Aeroportdan ko‘rgazmagacha yetkazish va kuzatib qo‘yish);

♦️Ko‘rgazmaga kirish chiptasi (Bepul).

«Bayerlik programma»si ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda tarmoqli savdo vakillari taklif etiladi va quyidagi imkoniyatlarga bepul ega bo‘ladilar:

????5* mehmonxonada 2 kecha tunash (nonushta bilan birga) – PULLMAN ISTANBUL HOTEL & CONVENTION CENTER;

????Aviachipta (Aeroportdan ko‘rgazmagacha yetkazish va kuzatib qo‘yish);

????Ko‘rgazmaga kirish chiptasi;

????Tantanali kechki ovqat.

‼️Delegatsiya aʼzolarini uchun F-Istanbul ko‘rgazmasida ko‘ngildagidek ishtirok etishlari uchun Oziq-ovqat sanoati uyushmasida Xalqaro darajadagi mutaxassislar tomonidan bepul master-klass tashkil qilinadi.

Murojat uchun:

+998997232111

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »