Xitoyda xalqaro qadoqlash ko‘rgazmasi: SINO PACK 2025

Sino Pack – dunyo bo‘ylab eng yirik va nufuzli qadoqlash texnologiyalari ko‘rgazmalaridan biri bo‘lib, 2025-yilda o‘zining 29-marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbir qadoqlash texnologiyalari, innovatsion yechimlar va sanoatning eng yangi ishlanmalari bilan tanishish uchun ideal maydon hisoblanadi.

Ko‘rgazmada nimani ko‘rishingiz mumkin?

– Zamonaviy qadoqlash uskunalari va materiallari

– Qadoqlashda qo‘llaniladigan robot va avtomatlashtirish texnologiyalari

– Logistika va omborni boshqarish uchun innovatsion texnologiyalar

– Ekologik qadoqlash materiallari va barqarorlik bo‘yicha yechimlar

– Oziq-ovqat, ichimliklar, farmatsevtika va boshqa sohalar uchun maxsus texnologiyalar

Kimlar uchun muhim?

– Sanoat tadbirkorlari

– Qadoqlash texnologiyalari bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar

– Oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchilari

– Innovatsion va ekologik yechimlarni qidirayotgan startaplar

Nega qatnashish kerak?

– So‘nggi texnologiyalar bilan tanishing

– Xalqaro hamkorlar bilan bog‘laning

– Mahsulotlaringizni bozorda yana-da samarali targ‘ib qilish usullarini o‘rganing

Dasturi tomonidan to‘liq qollab beriladigan imtiyozlar:

♦️mehmonxonada 3 kecha;

♦️ovqatlanish va kofe-breyk;

♦️B2B uchrashuvlar;

♦️Aeroportdan guruhli transferlar;

♦️Tarjimonlar so‘rov bo‘yicha;

Joylar soni: 15 ta

2025-yilning 4-6 mart kunlari

Guanchjou shahridagi Xitoy import va eksport yarmarkasi ko‘rgazmalar markazi

+998932533444

+998948713313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »