Joriy yilning 15 aprel kuni TDAUda, universitetning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini ishga taqsimlash va ularni ishga joylashtirishni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda vazirlik va idoralarning mutasaddi xodimlari, xorijlik ish beruvchi tashkilot, OAV vakillari hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi B.B.Umirshayxov ishtirok etdi.
Tadbirda Uyushma raisi talabalarga oziq-ovqat sohasining mehnat bozorida tajribali, amaliy mashg‘ulatlar orqali bilim olgan mutaxasislar kamligini taʼkidlab, mehnat bozoriga kirish uchun o‘qish davrida ko‘proq korxonalar bilan hamkorlikda amaliyotga borish kerakligi haqida tavsiyalar berdi hamda ishlab chiqarishda amaliyot o‘tash istagi bo‘lgan talabalarga uyushma doim sharoit yaratib berishga tayyorligini bildirdi.