NME 2026 ko‘rgazmasi

O‘zbekiston kompaniyalarini 2026 yil 13–16 may kunlari Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro Next Mobility Exhibition (NME 2026) ko‘rgazmasiga stend bilan ishtirok etishga taklif qilamiz.

Ko‘rgazma sayti

NME — bu Yevropadagi yetakchi platforma bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan:

  • Elektrotransport va elektrobuslar
  • Quvvatlash infratuzilmasi va energiyani saqlash
  • Aqlli mobillik va raqamli transport yechimlari
  • Green-tech va barqaror transport

2024 yilda ko‘rgazmaga 40 ta mamlakatdan 16 000 dan ortiq mutaxassislar tashrif buyurgan, ular orasida texnika ishlab chiqaruvchilar, operatorlar, investorlar va shahar maʼmuriyatlari bor edi.

Bu nega O‘zbekiston kompaniyalari uchun muhim:

  • texnologiya va loyihalarni xalqaro auditoriyaga namoyish etish imkoniyati;
  • potensial hamkorlar va investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar;
  • O‘zbekiston brendini yangi transport va “yashil” texnologiyalar markazi sifatida ilgari surish.

Tayyor stendlar (“pod klyuch”):

∙ 24 m² — €6,272

∙ 32 m² — €8,096

(ijara, qurilish, mebel, ro‘yxatdan o‘tish va hamrohlik xizmati kiritilgan)

EXPO Connect kompaniyasi, NME ko‘rgazmasining rasmiy mintaqaviy vakili sifatida, ishtirokchilarni Milandagi uchrashuvlarni tashkil etishdan tortib, ro‘yxatdan o‘tishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »