2026 yil 16-20 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida «SIGEP 2025» ko‘rgazmasi bo‘ladi. Ushbu ko‘rgazmada pissa tarmoqlari va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun asbob-uskunalar va xom ashyo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Unda 1200 ga yaqin tadbirkorlik subektlari, 180 000 dan ziyod ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.
Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:
- MUZQAYMOQ: muzqaymoq ishlab chiqarish uchun uskunalar, xomashyo va qadoqlash vositalari
- QANDOLAT MAHSULOTLARI / SHOKOLAD: qandolat mahsulotlari va shokolad ishlab chiqarish uchun uskunalar, xomashyo va qadoqlash vositalari
- NON VA BO‘TQALAR: non va pishiriq ishlab chiqarish uchun uskunalar, xomashyo va qadoqlash vositalari
- PISSA: pissa tayyorlash uchun uskunalar, xomashyo va texnologiyalar
- QAHVA: qahva qovurish va qadoqlash uchun uskunalar
Delegatsiya uchun UFIA tomonidan taʼminlanadi:
- Butun delegatsiya uchun Bolonya aeroportidan guruhli transfer.
- Ko‘rgazma markaziga barcha kunlar uchun butun delegatsiyaga bepul kirish chiptasi.
- Har bir delegatga yashash yoki transport xarajatlari uchun 100 yevro miqdorida kompensatsiya.
- Kompensatsiya tadbir davomida naqd pul shaklida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadi.
Barchangizni ushbu ko‘rgazmaga taklif qilib qolamiz.
Xurmat bilan, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoat uyushmasi.
Ro‘yhatdan o‘tish:
+998932533444
Fikr bildirish