Iqtisodiyot va moliya vazirligida oziq-ovqat sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

Ochiq muloqot jarayonida sohaga doir dolzarb muammo va takliflar ilgari surildi hamda ular yuzasidan masʼullar ishtirokida muhokamalar olib borildi.

Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi:
– oziq-ovqat sanoati mahsulotlari va xomashyosi importini tarif va notarif tartibga solish;
– oziq-ovqat sanoatida faoliyatini toʻxtatgan korxonalarni sogʻlomlashtirish;
– oziq-ovqat mahsulotlari standartlari va sertifikatlash, kadrlar malakasini oshirish.

Muloqot davomida koʻtarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqish hamda amaliy choralar koʻrish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.

17–19 noyabr kunlari Toshkentda uchta xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi:

– 21-Xalqaro «UzAgroExpo – 2026» ko’rgazmasi Qishloq xo‘jaligi, agrotexnika, chorvachilik va veterinariya.

–21-xalqaro «UzProdExpo – 2026» ko‘rgazmasiOziq-ovqat sanoati, ishlab chiqarish va saqlash texnologiyalari.

– 9-xalqaro «InterPackExpo – 2026» ko‘rgazmasiQadoqlash sanoati, tamg‘alash, yoriqlash va omborlash yechimlari.

Mazkur xalqaro tadbirlar kompaniyalar uchun agrosanoat va oziq-ovqat mahsulotlari qiymat zanjirini to‘liq namoyon etadi. Ko‘rgazmalar doirasida tajriba almashish, innovatsion yechimlarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish uchun professional platforma bo‘lib, u sizning muvaffaqiyatli hamkorliklaringiz uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tashkilotchilarga murojaat qiling:
«International Expo Group» MCHJ
Ma’lumot uchun telefon:
+998 (71) 238-59-59
+998 (93) 381-07-84
E-mail: info@ieg.uz
Facebook: @InternationalExpoGroup
Instagram: @ieg_uz
Telegram: @IEGUz
Veb-sayt: www.ieg.uz

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »