Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha ekspert uchrashuvi

2026 yil 24 oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Baxodir Umirshayxov ishtirokida O‘zmilliybank investitsiyalar departamenti vakillari bilan ekspert uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda oziq-ovqat sanoatining rivojlanish istiqbollari, xomashyo taʼminoti, mahsulotlarni saqlash, savdo tarmoqlari bilan hamkorlik va ishlab chiqarishni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bank instrumentlaridan foydalanish va eksport salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Food Nomad Summit 2026: Markaziy Osiyo oziq-ovqat sanoati yetakchilari uchun tarmoqlararo konferensiya

11–12-noyabr kunlari Toshkentda (O‘zbekiston Respublikasi) Markaziy Osiyo oziq-ovqat sanoati yetakchilari uchun mo‘ljallangan «Pishchyovka3D» xalqaro tarmoqlararo investitsion-strategik konferensiyasi — Food Nomad Summit bo‘lib o‘tadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston mintaqaning eng jadal rivojlanayotgan bozorlaridan biri hisoblanadi. Aholi sonining ortishi, zamonaviy chakana savdo tarmoqlarining tez sur’atlarda kengayishi hamda hunarmandchilik asosidagi ishlab chiqarishdan sanoat miqyosidagi ishlab chiqarishga faol o‘tish jarayoni kuzatilmoqda. Kelgusi yillarda aynan shu yerda soha kelajagini belgilab beradigan investitsiyalar va hamkorlik bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinadi. Food Nomad Summit — ana shu qarorlar muhokama qilinadigan va shakllanadigan maydon.

Konferensiyaning asosiy mavzulari:

Kelgusi 5 yil ichida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining qaysi segmentlari eng tez rivojlanadi?

Chakana savdo tarmoqlarining kengayishi ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladigan talablarni — assortiment, qadoqlash va logistika bo‘yicha — qanday o‘zgartiradi?

Nima uchun tayyor oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo va HoReCa sektorining mintaqadagi asosiy rivojlanish omiliga aylanmoqda?

Qaysi yo‘nalishga investitsiya kiritish maqsadga muvofiq: ishlab chiqarish, logistika, halol mahsulotlar yoki chakana savdo?

Hunarmandchilik asosidagi ishlab chiqarishdan sanoat modeliga o‘tish qanday kechmoqda va bu jarayon bozorda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun nimani anglatadi?

Spikerlar orasida:

— Diyor Mirzaahmedov («O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi»);

— Otabek Akramov (ProFood, Mazzali savdo belgisi);

— Oybek Sobirov (Sherin kompaniyalar guruhi);

— Marina Chernomazova (Brand Analytics);

— Aleksandr Gribanovskiy (Zira Chef, Zira.uz, Zira Bakery va Zira Cafe savdo belgilari);

— Yuliya Chij (Zarqand) va sohaning boshqa ekspertlari.

O‘tgan yili Olmaotada bo‘lib o‘tgan QAZAQ konferensiyasida dunyoning o‘nta davlatidan 200 nafardan ortiq ishtirokchi jamlandi. Ular orasida Sherin kompaniyalar guruhi, Kaynar Ice cream, Global Coffee, PepsiCo, Efes, Wildberries, «Azbuka Vkusa» va bozorning boshqa yirik kompaniyalari vakillari bor edi.

Ishtirokchilarni biznes dasturidan tashqari ekspertlar bilan jonli munozaralar, tezkor tanishuv va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish sessiyalari, keng ko‘lamli kechki dastur, degustatsiyalar hamda ko‘rgazma ekspozitsiyasi kutmoqda.

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi a’zolari uchun АППУ promokodi orqali konferensiyada ishtirok etish uchun 10% chegirma taqdim etiladi!

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »