Barqaror rivojlanish va ekologik, ijtimoy va korporativ boshqaruv qiymatini biznesga taqdim etish» forumi bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekistonda biznes barqarorligini rivojlantirish: Barqaror rivojlanish va ekologik, ijtimoy va korporativ boshqaruv qiymatini biznesga taqdim etish» forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi BMT Global Compact dasturi va BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha biznes koalitsiyasining taʼsischi aʼzolari — “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, Silverleafe va ARTEL Electroniss bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan forumda atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv amaliyotining ahamiyati, barqarorlik tamoyillari va BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini O‘zbekistondagi xususiy sektorga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov ham ishtirok etib, mavzuga doir fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
Fikr bildirish