Bojxona kodeksi – iqtisodiyotimiz rivojini taʼminlovchi muhim hujjat
Joriy yilning 27 fevral kuni Davlatimiz Rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.
Mazkur Qonun Jahon savdo tashkilotining Bojxona tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimi va Jahon bojxona tashkiloti qoidalariga uyg‘unlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
✅Xususan, kodeksga dolzarb bo‘lgan bir nechta yangi normalar kiritildi. Yaʼni Kodeksning 42 ta moddasiga o‘zgartirish va 2 ta yangi modda kiritilmoqda.
✅tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibotlari JSTning Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh bitimida belgilangan qoidalariga to‘liq muvofiqlashtirildi;
✅ Tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar tayinlangan bojxona ekspertizasining natijalari olinguniga qadar tovarlarni shartli chiqarib yuborish imkoniyati yaratilmoqda.
✅ Bojxona to‘lovlarini to‘lash majburiyati yuzaga kelmaydigan holatlar aniq belgilanmoqda. Yaʼni, bojxona to‘lovlarining qo‘shimcha hisoblanishi natijasida undirilmaydigan eng kam miqdori (68 ming so‘m) belgilanmoqda.
✅O‘z brendlariga ega bo‘lgan milliy ishlab chiqaruvchilarimizning tovarlarini eksport qilishda ularning huquqlarini himoya qilish imkoniyati yaratilmoqda. Yaʼni, bojxona idoralari endilikda tadbirkorning intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar buzilganligi aniqlagan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turish vakolati va tartibi belgilanmoqda. Xalqaro normalarda bu vakolatni “ex officio” qoidasi deb nomlanadi.
✅ tovarlarni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chiqindilar bojxona bojidan ozod etilmoqda;
✅ Transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari ostida tashishga ruxsat berish tartibotlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi joriy etilmoqda. (maʼlumot uchun, 2023 yilda 10 222 ta transport vositasiga guvohnoma rasmiylashtirilgan).
✅ Milliy avtotashuvchilarni rag‘batlantirish maqsadida, ular tomonidan import tovarlarni tashishda litsenziya kartochkasini talab qilish tartibi bekor kelinmoqda.
✅ tadbirkorlarning bir necha bojxona operatsiyalari doirasidagi majburiyatlaridagi to‘lovlarni taʼminlash uchun yagona (bosh) taʼminot taqdim etish imkoniyati yaratilmoqda;
✅ tadbirkorlarga bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini tugallash, hamda dastlabki deklaratsiyalashni istalgan bojxona postida amalga oshirish huquqi berilmoqda.