Bugun 22-may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha global strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminardan asosiy maqsad JSSTning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha global strategiyasi doirasida MK/JSST baholash vositasini real hayot sharoitida qo‘llash hamda shu vositani takomillashtirish bo‘yicha milliy vakolatli organlardan fikr-mulohazalarni olish va JSSTining oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha global strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlarini, kamchiliklarini va zaif tomonlarini aniqlashda mamlakatni qo‘llab-quvvatlash.
Seminarda JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Simone M. Raszl, JSTning Standartlar va savdoni rivojlantirish jamg‘armasi rahbari Melvin Spreij hamda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov va boshqa hamkor tashkilotlar maʼsullari ishtirok etdi.
Fikr bildirish