Chili olxo‘ri eksporti bo‘yicha jahon rekordini yangiladi, O‘zbekiston esa jahon liderlari to‘rtligiga kirdi!
???? Chili olxo‘ri eksporti bo‘yicha jahon rekordini yangiladi, O‘zbekiston esa jahon liderlari to‘rtligiga kirdi!
EastFruit nashri tahlilchilari xabariga ko‘ra, 2022 yilda Chili sarxil olxo‘ri eksporti bo‘yicha o‘zining 2019 yildan beri saqlanib turgan jahon rekordini yangiladi.
2022 yilda chililik eksportyorlar tashqi bozorlarga 158 ming tonna va umumiy qiymati 235 million dollarlik sarxil olxo‘ri yetkazib berdi. Hajm bo‘yicha eksport o‘tgan yilda davomida 33 foizga oshdi va bu 2019 yildagi avvalgi rekorddan 3 ming tonnaga ko‘pdir.
Janubiy Afrika va Ispaniya hozirgi kunda liderdan deyarli 60 ming tonnaga ortda qolmoqda.
O‘zbekiston esa 2022 yili ushbu reytingda katta natijaga erishdi va jahondagi sarxil olxo‘ri eksportyorlari reytingida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yilgi mavsum davomida O‘zbekiston rekord darajadagi 48,4 ming tonna sarxil olxo‘ri eksport qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313