Endilikda piyoz eksporti taqiqlangan davlatlar qatoriga Qirg‘iziston ham qo‘shildi
Avvalroq Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston piyoz eksportini cheklagani haqida xabar berilgan edi. Endilikda piyoz eksporti taqiqlangan davlatlar qatoriga Qirg‘iziston ham qo‘shildi.
Mamlakatning Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatda uch oy davomida barcha turdagi piyoz eksporti taʼqiqlanishini maʼlum qildi.
Qirg‘iziston piyozining eksporti rasman 2023 yil 31 yanvardan 2023 yil 30 aprelgacha bo‘lgan davr uchun taʼqiqlandi. Piyoz eksportini taʼqiqlash oziq-ovqat xavfsizligi va ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash zarurati bilan izohlanmoqda.
Qirg‘iziston shu kunga qadar O‘zbekistonga piyoz eksport qilgan. Shunga ko‘ra, Qirg‘izistondan piyoz eksportiga qo‘yilgan taʼqiq O‘zbekistonda bu sabzavot narxi yana-da oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Manba: EastFruit nashri