Go‘sht narxi qachon arzon bo‘ladi?
Doimo aholining barcha qatlamlari diqqat markazida bo‘lib kelgan ushbu dolzarb masalalardan biri bu birlamchi zarur tovarlar narxining ko‘tarilishidir. Non, shakar, sariyog‘, un, go‘sht va boshqa mahsulotlar narxlarining ko‘tarilishi har bir insonning qiziqishlariga taʼsir etmay qolmaydi. Ushbu qiziqish nafaqat mamlakatimiz aholisi, balki, dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlari fuqarolari uchun ham xosdir.
Globalproductprices.com sayti maʼlumotlariga ko‘ra 79 mamlakatga asoslanib, 2023-yilning shu davridagi 1 kg go‘sht uchun o‘rtacha narx 14,57 AQSH dollarini tashkil qiladi. Eng past narx 3,67$ (Pokiston) va eng yuqori narx 59,93$ (Janubiy Koreya) bo‘lgan.