Hindistonda har yili tashkil etiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha eng yirik tadbir – «INDUS FOOD – 2022» ga start berildi!
«INDUS FOOD – 2022» ko‘rgazmasi Hindistonning eng yirik savdo tadbirlaridan biri bo‘lib, unda bu yili 700 dan ziyod hind ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini namoyish etishadi.
Shuningdek, ko‘rgazmaga 80 mamlakatdan 1300 dan ortiq oziq-ovqat sanoati sohasi vakillari: ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, global xaridorlar kelishi kutilmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan ushbu xalqaro ko‘rgazmaga boradigan tadbirkorlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Sizda ham mazkur yirik tadbirda ishtirok etish istagi bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 98 577 53 53
Fikr bildirish