Joriy yilning 18 sentyabr kuni Toshkentda «O‘zbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash doirasida» seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan maqsad GIZ tomonidan moliyalashtiriladigan «Kasbga yo‘naltirish va kasbiy rejalashtirish (TexVET Karyera) chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholash» loyihasi doirasida O‘zbekistonda yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, vazirliklar, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi hamda korporativ sektor va maktablarning hamkor vakillari bilan samarali va barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
- Tadbir so‘ngida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi va 329 sonli umumtaʼlim maktab bilan uch tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Endilikda, 10-11-sinf va kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ham, oziq-ovqat sanoati bo‘g‘inlarida yetuk kadr bo‘lishlari uchun aynan taʼlim dargohlarida va sanoat korxonalarida amaliy bilim olishlari mumkin bo‘ladi.
Fikr bildirish