Oziq-ovqat sanoati uyushmasi rasmiy ochilish marosimi!

Qadrli kuzatuvchilar,
26-may sanasida Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

Tadbirda uyushmaning tashkil etilganidan buyon(29.10.2020) yetti oylik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, kelgusida rejalashtirgan maqsad va vazifalari haqida so’z boradi.

Shuningdek, bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda eksport qilishda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, sohada yuzaga kelayotgan masalalar va ularga yechim bo’lgan tendensiyalar mavzulariga alohida to’xtalib o’tiladi.

Marosimda turli vazirlik, qo’mita, agentlik va xalqaro tashkilotlar vakillarining ishtiroki rejalashtirilgan.

? Agarda sizda ham ushbu tadbirda qatnashish istagi bo’lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

+998997232111
+998712203313

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi a’zolari uchun yana bir bepul ko’rgazma!

Qadrli tadbirkorlar!

Turkiyaning SOFUAR xalqaro ko’rgazma kompaniyasi tomonidan 2021-yil 10-iyundan 12-iyungacha O’zbekistonda ishbilarmon doira vakillarini bir joyga to’playdigan uchrashuv o’tkazish rejalashtirilmoqda.

Bu AGRO-PACK UZBEKISTAN xalqaro ko’rgazmasi bo’lib, unda oziq-ovqat texnologiyalari, qadoqlash va issiqxona uskunalari taqdimotlari bo’lib o’tadi.

Mazkur tadbir O’zbekistonda ikkinchi marta tashkil etilmoqda. Ko’rgazma doirasida o’zbek va turk tadbirkorlari o’rtasida B2B shaklida uchrashuvlar bo’lib o’tadi. Ko’rgazmada Turkiyaning turli uskunalarni ishlab chiqaradigan 30 ta yetakchi kompaniyasi ishtirok etadi.

Ko’rgazmada ishtirok etish narxi:
25-40 million so’m.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi a’zolari uchun ko’rgazmada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Ko’rgazmada qatnashish istagida bo’lganlar, quyidagi raqamga murojaat qiling:

+998712203313
+998997232211

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xodimlari tomonidan joylarda o‘simlik yog‘i narxlari bo’yicha monitoring ishlari o’tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Kungaboqar yog‘i – 18-21 ming; Paxta yog‘i – 13-18 ming so‘m;

Navoiy viloyati: Kungaboqar yog‘i – 17-24 ming; Paxta yog‘i – 15-20 ming;

Qashqadaryo viloyati: Kungaboqar yog‘i – 18-20 ming; Paxta yog‘i – 17-20 ming;

Surxondaryo viloyati: Kungaboqar yog‘i – 19-22 ming; Paxta yog‘i – 16-18 ming;

Jizzax viloyati: Kungaboqar yog‘i – 19-21 ming; Paxta yog‘i – 15-19 ming;

Samarqand viloyati: Kungaboqar yog‘i – 18-26 ming; Paxta yog‘i – 14-22 ming;

Farg‘ona viloyati: Kungaboqar yog‘i – 18,5-25 ming; Paxta yog‘i – 14-19 ming;

Namangan viloyati: Kungaboqar yog‘i – 18-22 ming; Paxta yog‘i – 16,5-18ming;

Andijon viloyati: Kungaboqar yog‘i – 18-23 ming; Paxta yog‘i – 12-20 ming;

Buxoro viloyati: Kungaboqar yog‘i – 17-22 ming; Paxta yog‘i – 18-23 ming;

Toshkent shahri: Kungaboqar yog‘i – 18-22 ming; Paxta yog‘i – 16-20 ming;

Xorazm viloyati: Kungaboqar yog‘i – 17-22 ming; Paxta yog‘i – 14-17 ming;

Toshkent viloyati: Kungaboqar yog‘i – 17-25 ming; Paxta yog‘i – 14-20 ming.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

USAID tashkiloti tomonidan bog`dorchilik mahsulotlari bo`yicha «Raqobatdoshlik, savdo va ish o’rinlarini yaratish» (CTJ) loyihasi

USAID tashkiloti tomonidan bog’dorchilik mahsulotlari qadoqlash va eksportini targ’ib qilish bo’yicha «Raqobatdoshlik, savdo va ish o’rinlarini yaratish» (CTJ) loyihasi tashkil etilmoqda.

Loyiha 2021-yil 8-19 aprel kunlari virtual tarzda bo’lib o’tadi. Unda ishtirok etmoqchi bo’lganlar quyidagi link orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkin:
https: //docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc9htjr6jkrFllE_-F2DqyJvFaBsS9Xj5mQIhIVyMZt1hv0aQ/viewform

Virtual mashg’ulotlar kunlari va mavzulari:

• 8-aprel: Olmani eksport qilish;

• 12-aprel: Issiqxona sabzavotlarini eksport qilish;

• 14-aprel: Yong’oq va quritilgan mevalarni eksport qilish;

• 16-aprel: Yangi gilos va boshqa mevalarni eksport qilish;

• 19-aprel: Uzumni eksport qilish.

Onlayn tadbirlar 13:00 – 15:00 (Ashxobod, Dushanbe va Toshkent vaqti) hamda 14:00 – 16:00 da (Bishkek va Nur-Sulton vaqti bilan)o’tkaziladi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Retail Tech tashkiloti tomonidan sabzavot va mevali mahsulotlar, qandolat mahsulotlari hamda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilarni jamlaydigan uchrashuv

Retail Tech tashkiloti tomonidan turli davlatlardan sabzavot va mevali mahsulotlar, gazak mahsulotlari, qandolat mahsulotlari hamda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilarni jamlaydigan uchrashuv tashkil etilmoqda.

Mazkur uchrashuv Moskvada bo’lib o’tadi va unda 1000 dan ortiq xaridorlar qatnashadi.

Tadbirda ishtirok etish bepul!

Eslatma: Retail Tech tashkilot tomonidan chakana savdo, sanoat, logistika, FMCG kompaniyalari vakillarining ushbu tadbirlarga bepul qatnashishlari kafolatlangan.

Tadbir bo’yicha savollarni quyidagi raqamga yo’llashingiz mumkin:
+77771251111

Tashkilot haqida batafsil: https://retailtech.ru/konferencziya/#agenda2021

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

«Oziq-ovqat sanoati – UzFood 2021» Xalqaro ko’rgazmasi!

Yigirmanchi xalqaro «Oziq-ovqat sanoati – UzFood 2021» ko’rgazmasi Iteca Exhibitions xalqaro ko’rgazma kompaniyasi nomidan joriy yilning 28-30 aprel kunlari «O’zekspomarkaz» MKK da tashkillashtirilmoqda.

2000-yildan buyon o’tkazilayotgan ushbu ko’rgazmada o’zining mahsulotlari bilan 3700 dan ortiq xalqaro korxonalar qatnashadi. Ko’rgazmaga 11500 dan ortiq oziq-ovqat sanoati vakillari hamda soha mutaxassislari tashrif buyurishadi.

UzFood ko’rgazmasining asosiy maqsadi – eskportga yo’naltirilgan mahalliy mahsulotni xalqaro bozorga chiqishiga ko’maklashish. Xususan, eksportni rivojlantirish maqsadida ko’rgazma doirasida «Xaridor dasturi» tashkil qilinmoqda. Ushbu dastur mahalliy tadbirkorlar bilan xorijdan kelgan xaridorlarni davra suhbatlari olib borishlariga imkon yaratishdan iborat.

Ko’rgazmada o’z mahsulotingiz bilan qatnashishni xohlasangiz darhol bizga murojaat qiling!

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun +998997232111 raqamiga telefon qilishingiz mumkin.

«OOO TRADE-VV» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv!

Ukrainada joylashgan «OOO TRADE-VV» kompaniyasi oziq-ovqat mahsulotlari bazasini shakllantirgan platformadir. Ushbu korxona import va eksport yo’nalishida ham ancha yillardan buyon faoliyat ko’rsatadi. Korxona Ukrainada 18 dan ortiq tarmoqlar va 1000 dan ortiq do’konlar bilan aloqa o’rnatgan. Boshqa davlatlarga go’sht va go’sht mahsulotlari, yog’, un, shakar, don mahsulotlari importi bilan shug’ullanadi.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi bilan hamkorlik qilishdan asosiy maqsad ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda xo’l meva va sabzavotlar, quruq mevalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini Ukrainaga importini ta’minlashdan iborat.

Agar siz yuqorida keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini Ukrainaga eksport qilishga qiziqsangiz darhol biz bilan bog`laning!

Tadbirkorlar Exim Expo savdo platformasida mahsulotlarini joylashtirishlari mumkin!

Exim Expo savdo platformasi 2013-yildan buyon biznes tadbirlarni tashkillashtirish va B2B uchrashuvlarini o’tkazish bilan shug’ullanadi.

Tadbirkorlar ushbu platformada ro’yhatdan o’tgandan so’ng, MDH davlatlaridan partnerlar topish imkoniga ega bo’ladilar.

Ushbu platforma orqali siz:

  • onlayn platformada o’z kabinetingizga ega bo’lasiz;
  • onlayn stend joylashtira olasiz;
  • B2B uchrashuvlarni amalga oshirish uchun uchrashuvlar belgilay olasiz;
  • mahsulotingizni xarid qiluvchilar bilan muloqot olib bora olasiz;
  • stendga 20 xildagi mahsulotni joylashtirish imkoni;
  • kabinetga 1ta korxonadan 5 kishi kirishi uchun ruxsat;
  • texnik muammolarda yordam;
  • Stendingizni qancha xaridor kuzatganligi to’grisidagi statistika.

Murojaat uchun:
+998997232111

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar diqqatiga!

Tadbirkorlar kredit olish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelganda O’zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab quvvatlash Davlat jamg’armasiga murojaat qilishlari mumkin. Jamg’arma kafillik hamda kompensatsiya xizmatlarini taklif qiladi.

Kafillik bu — qarz oluvchining tijorat banki oldidagi o’z majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish mas’uliyatini tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasiga (jamg’arma) yuklaydigan kafillik shartnomasi.

Jamg’arma tijorat banklarining kreditlari bo’yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi) miqdorda, biroq 8 milliard so’mdan ortiq bo’lmagan miqdorda kafilliklar taqdim etadi.

Kafillik berilganligi uchun jamg’armaga qarz oluvchi tomonidan milliy valyutada kafillik summasining bir foizi miqdorida bir martalik vositachilik haqini to’laydi.

Kompensatsiya bu — tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo’yicha kredit foiz stavkasining bir qismini qoplashdir.

Kompensasiya va kafillik xizmatlari quyidagi maqsadlardan tashqari barcha yo’nalishlarga beriladi:
❌ Ilgari olingan kreditlarni yoki istalgan boshqa qarzdorlikni qaytarish;
❌ Alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
❌ Savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablag’larini shakllantirish;
❌ Savdo ob’ektlari va umumiy ovqatlanish ob’ektlari qurilishini moliyalashtirish;
❌ Bankdan tashqari kredit tashkilotlari va lizing kompaniyalarining resurs bazasini shakllantirish;
❌ Tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa o’yinlarni tashkil etish hamda shu maqsadlar uchun uskunalarni xarid qilish.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »