«HALOL» Sertifikatini qo’lga kiritmoqchi bo’lgan tadbirkorlar diqqatiga!

“Halol” sertifikatlashtirish – xom-ashyo, qo‘shimchalar, ziravorlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish ob’ektlari (sex), ishlab chiqarish vositalari (jixozlar), biznesni boshqarish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni “Halol” standarti talablariga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat hisoblanadi.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi Xalqaro Islom biznes assotsiatsiyasi ko’magida sizning mahsulotingiz halol standartlarga muvofiq amalga oshirilishini tasdiqlaydigan «Halol» Sertifikatini olishni kafolatlaydi.

Sertifikat haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishni istasangiz darhol bizga murojaat qiling:
+998997232111
@ufia_uz

«IndusFood» 2021 Xalqaro Savdo Ko’rgazmasi

IndusFood

«IndusFood» Xalqaro oziq-ovqat savdo ko’rgazmasi bo’lib, Hindistondagi oziq-ovqat mahsulotlari eksport hamda importini mustahkamlash uchun tashkil etilgan global platformadir.

Sana: 20-21 mart, 2021-yil
Joy: Hindiston


Ko’rgazmada taqdim qilinadigan mahsulotlar:
▫️Qandolatchilik mahsulotlari
▫️Sut va sut mahsulotlari
▫️Meva va sabzavotlar
▫️Quruq mevalar
▫️Hind taomlar
▫️Go’sht, parranda va dengiz mahsulotlari
▫️Ichimliklar
▫️Don, shakar, ziravorlar
▫️Organik oziq-ovqatlar
▫️Choy, kofe va boshqalar

Ko’rgazmada kuzatuvchi sifatida qatnashuvchilari uchun imtiyozlar:
◾️Ko’rgazmada bepul qatnashish;
◾️3 kecha 5 yulduzli mehmonxonada bepul turish;
◾️Xalqaro biznes vakillari bilan uchrashuv;
◾️Viza olishda yordam;
◾️Bepul tarjimonlar xizmati.

300 dan ortiq oziq-ovqat sanoati vakillari va ishlab chiqaruvchilar bilan tanishish hamda yangi biznes aloqalarni rivojantirish uchun hoziroq ro’yhatdan o’ting!

Murojaat uchun:
+998997232111
@ufia_uz



O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni delegatsiyasi o‘rtasida biznes forumi tashkil etildi

Biznes forumdagi ishtirok

Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni delegatsiyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida biznes forum bo’lib o’tdi.

Biznes forumda iqtisodiyotning neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, qurilish, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, mehmonxona, axborot-texnologiyalar va savdo tarmoqlari vakillari ishtirok etdi.

Saudiya Аrabistoni Investitsyalar vaziri Khalid Аl-Falih boshchiligidagi delegatsiyaning Buhoro shahrida bo’lgan biznes forum uchrashuvi yakunlandi.

Mazkur uchrashuvda “B2B” muzokaralarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek forumga taklif etilgan ikki mamlakat tadbirkorlari oʼrtasida hamkorlik kelishuvlariga erishildi va forum doirasida turli muzokaralar oʼtkazildi. Biznes forumga O’zbekiston eksportchilari uyushmasi raisi Muxtor Umarov hamda O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov Uzdavkarantin xodimi Muslimbek Xalilov qatnashishdi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »